Sirdaryo viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2019 yil 28 fevraldagi “Sirdaryo viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda soxaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek baxor bayramlarini munosib nishonlash to’g’risida”gi 73-sonli buyrug’I ijrosini taminlash maqsadida joriy yilning 7 mart kuni davlat arxivi binosida “Balli qizlar” bellashuvi o’tkazildi. Bellashuvda Sirdaryo viloyat davlat arxivi, Sirdaryo tuman davlat arxivi, Guliston tumani davlat arxivi, Yangier shahar davlat arxivi, Oqoltin tuman XQIXXSHTH arxivi xamda Boyovut tuman XQIXXSHTH arxivi xodimalari ishtirok etishdi. Yakunda hakamlar xayati qaroriga ko’ra Yangier shahar davlat arxivi 1-toifali arxivchisi Shoxista Dushaeva 1-o’ringa, Oqoltin tuman XQIXXSHTH arxivi arxivchisi Zulayxo Ochilova 2-o’ringa, Sirdaryo tuman davlat arxivi 1-toifali arxivchisi Dilshoda Yusupova 3-o’ringa munosib ko’rildi. G’oliblar Sirdaryo viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi faxriy yorlig’i hamda qimmatli sovg’alar bilan taqdirlanishdi.