Sog‘ jamoada – sog‘lom korporativ kayfiyat

Eng oddiy narsalar xodimlarni yaxshi ishlashga undaydi, ulardan biri bu sportdir. Bizning kunlarimizda sport bilan shug‘ullanish ommaviy va qulay bo‘lib kelmoqda. Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash ancha dolzarb – bu xodimlarning ahvoli va kayfiyati chog‘ligi, demak, ularning ish joyidagi yuqori samaradorlik garovi.
Korporativ sportga mablag‘ ajratadigan korxonalar bo‘lg‘usi kadrlar va hamkorlar uchun ancha jozibali bo‘lmoqda. Bugun rahbarlar o‘z xodimlari raqobatchilarga ketib qolmasliklari yoki raqobatchilardan  zarur kadrlarni o‘zlariga og‘dirib olish uchun yaxshi maosh taklif qilish kamlik qilishini bilishadi.
Nomzodlar ko‘pincha qo‘yadigan talablar bu ijtimoiy himoya, qo‘shimcha ta'lim olish imkoniyati, jismoniy salomatlik to‘g‘risida qayg‘urish. Shunday ekan korporativ sportni rivojlantirish va sport tadbirlarini tashkil qilish kompaniya imijini yaxshilaydi, agar tashkilotda sportni qo‘llab-quvvatlashsa, demak, vaqt bilan hamqadam bo‘lishni xohlashadi.
Xodimlar ishtirokida turli xil musobaqalarni tashkil qilish murakkab emas. Bu chempionatlar qanday turda bo‘lishining ahamiyati yo‘q, baribir ularning barchasi jamoa kayfiyatini  shakllantirish va mustahkamlash hamda jamoada ichki muhitni yaxshilash uchun foydali. Korporativ sport musobaqalari mehnat sifatiga ta'sir etadigan zerikarli ish yoki  hatto ofisdan tashqaridagi muammolardan ham chalg‘ishga yordam beradi.
Ishdan tashqari vaqtda jamoa oldida unga yangi qirralari ochilishi uchun imkoniyat berishlari xodimlarni quvontiradi. Shuningdek sport tadbirlari mobaynida jamoa ishtirokchilarining barcha bosqichlarda o‘zaro harakat qilish ko‘nikmalari shakllanadi hamda yangi xodimlar ish joyiga tezroq moslashishlariga yordam beradi.
Agar arxivdagi ish muntazam hamkorlikni talab qilsa, jamoaviy sport turlaridagi musobaqalar foydali bo‘ladi. Eng ommaviy jamoaviy sport turlaridan biri futboldir, eng asosiysi, ishtirokchilar yetarli bo‘lsa bas.
Biroq futbol ko‘proq erkaklar uchun qiziqarli. Ayollarni e'tiborsiz qoldirmaslik uchun yugurish, stol tennisi, shashka bo‘yicha musobaqa uyushtirish mumkin. Unda yoshi va jinsidan qat'i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
Ayrim korxonalarning xodimlari deyarli har kuni stol tennisi bo‘yicha kichik turnir o‘tkazadilar. Xodimlarning o‘zlari 10-15 daqiqa hordiq chiqarish uchun bunday kichik musobaqalarning tashabbuskorlari bo‘lib chiqishadi. Ammo hech narsa rahbariyatga mukofotli turnir tashkil qilishga halaqit bermaydi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати