Toshkent shahar davlat arxivida hamkasblar uchrashuvi

Toshkent shahriga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk oblasti gubernatorligi rahbariyati delegatsiyasi poytaxtning iqtisodiy, ijtimoiy va tarixiy ob’ektlari bilan yaqindan tanishmoqdalar. Sverdlovsk viloyati Arxivlari boshqarmasi boshlig’i A.A.Kapustin “O’zarxiv” agentligi Bosh direktori U.B.A’lamov bilan uchrashuvidan so’ng Toshkent shahar Arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi arxivlar faoliyati bilan tanishdi. Toshkent shahar davlat arxivi Uchtepa tumanlararo filiali binosida hamkasblar A.A.Kapustin va poytaxt arxivlari rahbarlari (A.Maxkamov,F.Dadaeva, R.Abdikulov) uchrashuvi hamda arxivlar faoliyati bilan yaqindan tanishuvi bo’lib o’tdi. Mehmonga “O’zarxiv” agentligining “Arxiv xizmatlarini ko’rsatish markazi” faoliyati, binodagi arxiv hujjatlari ko’rgazmasi, xodimlarning faoliyati juda manzur bo’ldi.  Uchrashuvlar davrida Sverdlovsk viloyati va Toshkent hududidagi arxivlarning o’zaro hamkorligi masalasi ham muhokama qilindi.