Uychi tuman davlat arxivi xodimlari Abdullayev Madamin ota xolidan xabar oldilar.

                                                                                                                                                                                                  #G‘alaba75 #Pobeda75
Namangan viloyati arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi Uychi tuman davlat arxivi xodimlari Uychi tuman Gulbog‘ MFY Namuna ko‘chasi 51 uyda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 15 yanvar 1921 yilda tug‘ilgan Abdullayev Madamin ota xolidan xabar oldilar. Tashrif chog‘ida Madamin ota bilan "Urush xaqida xotiralar" mavzusida suhbat olib borildi. Suhbat davomida Madamin ota ko‘zlarida yosh bilan o‘sha davrda Lenin nomli maktabda o‘qishliklarini, sharoit og‘irligi tufayli maktabni 4-sinfgacha o‘qiganliklarini, 19 yoshlarida xarbiy komissariyatga chaqirilganliklarini, so‘ng u yerdan Uychi tuman Jiydakapa qishloq Sovetidan otliq askar qatorida Namangan orqali Saratov shahriga borganliklarini, keyin u yerdan Ukraina, Belorussiya hududlarida, Voroshilov kabi shaharlarda fashizmga qarshi kurashganliklarini, 1943 yilda o‘ng oyog‘idan qattiq yaralanib, 7 kun davomida och-nahor, suvsiz chuqur ichida (okopda) jon saqlaganliklarini, 1943 yilda uylariga qora xat kelganligini, u yerdan chiqqach qishloqdagi bir oilaga bazo‘r yetib olib, o‘sha yerdan panox topganliklarini esladi.
Uychi tamun davlat arxivida M.Abdullayev shaxsiy kelib chiqish fondini tashkil qilish rejalashtirildi.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati