“Vatanparvarlik oyligi” doirasida uchrashuv.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida uchrashuv.

Buxoro viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining Olot tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 2020 yilning 8 yanvar kuni tumandagi 7802-sonli chegara qo‘shin postida xizmat burchlarini o‘tayotgan harbiy qism xodimlari bilan 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazilib, Olot tuman davlat arxivi saqlovida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi va Afg‘on urushi qatnashchilarining hayoti to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tanishtirib, hozirgi davra suhbatlari ham arxiv saqloviga olinishi va kelajak avlodga yetkazilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Harbiy xizmatchilar davlat arxivlarida saylanayotgan arxiv hujjatlari va ularning ahamiyati to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati