Venyamin Mixaylovich Faybushevich

#G‘alaba75 #Pobeda75
Venyamin Mixaylovich Faybushevich-tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. V.M.Feybushevich 1898 yilda tug‘ilgan. 1929 yildan boshlab avvalgi “N.A.Semashko nomli kurortologiya va fizioterapiya ilmiy-tadqiqot instituti”da ish boshlagan. Dastlab ordinator, keyin assistent, 1934-1941 yillarda institut direktori bo‘lib ishlagan. 1947 yilda unga professor unvoni berilgan. 1941-1945 yillarda professor V.M.Feybushevich xarakatdagi armiyada xizmat qilgan. Urushdan keyin “N.A.Semashko nomli kurortalogiya i fizioterapiya ilmiy-tadqiqot instituti”da ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Urush yillarida qulab tushgan institutni qayta tiklash va uning ilmiy-tadqiqot faoliyatini faollashtirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan. Mukofotlari:“Qizil yulduz” ordeni, “Ulug‘ Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medal. V.M.Feybushevich 1972 yilda vafot etgan.
Xozirda V.M.Feybushevichning shaxsiy fondi Ilmiy-texnika va tibbiyot xujjatlari milliy arxivida saqlanmoqda.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati