Bugun Turkiya Prezidenti Toyyib Rajab Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Ayni damda, Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonning tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimdan so‘ng savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ushbu marosim doirasida arxiv sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Turkiya Respublikasi Bosh Vaziri devoni huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi Direktori professor U.O‘nal bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori U.A’lamov o‘rtasida arxivlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolanishi rejalashtirilgan.