Yangi bino foydalanishga topshirildi

Yangi bino foydalanishga topshirildi

2016 yil 30 avgustda Toshkent shahar davlat arxivi Uchtepa tumanlararo filiali binosining ishga tushirish va ochilish marosimi o‘tkazildi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, “O‘zarxiv” agentligi, Toshkent shahar Hokimiyati, davlat arxivlari muassasalari, jamoat tashkilotlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “O‘zarxiv” agentligi tizimida sohani rivojlantirishda qo‘shgan hissalari uchun bir guruh xodimlar “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni, faxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yangi arxiv binosida “Toshkent: kecha va bugun” arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Agentlik Axborot xizmati