YeVRAZIKA xalqaro arxivlar kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallari 17- umumiy konferensiyasi

YeVRAZIKA xalqaro arxivlar kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallari 17- umumiy konferensiyasi

2016 yilning 31 may – 1 iyun kunlari Belorussiya Respublikasining Minsk shahrida, YeVRAZIKA Xalqaro arxivlar kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallarri 17-umumiy konferensiyasi o'tkazildi hamda MDHga a'zo davlat arxiv rahbar hodimlarining maslahat kengashi uchrashuvi va “Arxivlar axborot texnologiyalar olamida” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvni Belorussiya Respublikasi Adliya vaziri O.L.Slijevskiy va Belorussiya Respublikasi Adliya vazirligi ishi yuritish va arxivlar departamenti direktori V.I.Adamushko ochib berdilar. Uchrashuvda MDH ijrochi kotibi - Ijroiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari V.G. Garkun ishtirok etdi. Yevrazika Arxivlar Xalqaro Kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallarri 17-umumiy konferentsiyasida O'zbekiston, Rossiya, Belorussiya, Armeniya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Polsha davlatlarining delegatsiyalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda kuzatuvchilar sifatida Xitoy, Latviya va Litva delegatsiyalari qatnashdilar.

2016 yilning 1 iyun kuni “Arxivlar axborot texnologiyalar olamida” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi direktori B.M. Axmedov “Arxiv sohasida integratsiyalashgan axborot tizimlaridan foydalanishning yangi jihatlari” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

YeVRAZIKA xalqaro arxivlar kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallarri konferensiyasi va MDHga a'zo davlatlar arxiv rahbarlarining maslahat kengashining keyingi uchrashuvi 2017 yil kuzda Armanistonda o’tkazilishi rejalashtirildi.

Manba: www.ntmd.uz