MAXFIYLIKDAN ChIQARILGAN HUJJATLARDAN NAMUNALAR

Samarqand mudofaa qal’asi Rejasi xaritasidan parcha 1870y. 

Ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PF 5834-sonli   Far-monining  3-bandida belgilangan  topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy arxivida maxfiylik rejimida saqlanayotgan 1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy davr arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish ishlari amalga oshirildi. 
Mazkur hujjatlardan O‘zbekiston Milliy arxivining o‘quv zalida foydalanuvchilar uchun yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. 
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati tomonidan vaqti-vaqti bilan maxfiylikdan chiqarilgan alohida qimmatli hujjatlardan namunalar e’lon qilib boriladi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати