«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘uliston davlatida xizmat safarida bo‘ldi.



















«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘uliston davlatida xizmat safarida bo‘ldi.

«O‘zarxiv» agentligi delegatsiyasi vakillari Mo‘g‘uliston arxiv boshqarmasi rahbari ENXBAATAR SAMDAN va Mo‘g‘uliston davlat milliy arxivi direktori SAYNDJARGAL TUMENDEMBEREL bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, raqamlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘uliston davlat milliy arxiviga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Mo‘g‘uliston Milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar ko‘rgazmasi, hujjatlarni restavratsiya qilish, qayta tiklash bo‘limi faoliyati va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan tanishdilar. Kelgusida ikki davlat arxivlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati