“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyida “Ikkinchi jahon urushi: Yangi tadqiqotlar va tarixiy maʼlumotlar” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.











































“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyida “Ikkinchi jahon urushi: Yangi tadqiqotlar va tarixiy maʼlumotlar” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, "G‘alaba bogi" yodgorlik majmuasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, "Ajdodlar izidan" Harbiy-tarixiy jamiyati masʼullari hamda «O‘zarxiv» agentligi direktori U.Yusupov va boshqa masʼullarning maʼruza va takliflari tinglandi.

Shuningdek, «O‘zarxiv»agentligi tizimidagi milliy arxivlarning rahbar va mutaxassislari yalpi va sho‘ba-seksiya ishlarida faol ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi 40 dan ortiq yangi fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma 10 mayga qadar davom etadi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati