Arxiv ishi va ish yuritish xizmati bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga maslaxat berish reglamenti
- 1.1. Xizmatlarni qabul qiluvchi
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari davlat arxivlariga ish yuritish va arxiv ishi masalalari bo‘yicha maslahat so‘rab murojaat qilish huquqiga ega.
Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to‘liq nomi, mansabi va familiyasi (ismi, sharifi), manzili, bank rekvizitlari ko‘rsatilishi, arizaning mazmuni bayon etilishi lozim.
Jismoniy shaxslarning murojaatlarida ularning to‘liq familiyasi (ismi, sharifi), fuqaroning yashash manzili, telefon raqami ko‘rsatilishi lozim.
Yozma murojaatlarda murojaat etuvchilarning imzosi bo‘lishi shart. Agar murojaatga shaxsiy imzo qo‘yishning imkoni bo‘lmasa, tuzuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi qo‘shimcha ravishda kiritilishi shart.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
- 1.2. So‘rovlarni berish muddati
Xizmatlar ko‘rsatish uchun so‘rovlarni berish muddatlari belgilanmagan.
- 1.3. Ijroni berish muddati quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatlar kvalifikatsiyasi, normativ-uslubiy nafaqalar, ishlar opisi va nomenklaturasi masalasida, o‘slubiy nafaqalarni amaliyotga tadbiq etish masalasida, hujjatlarni saqlovini ta’minlash, ishlarni shakllantrish, tashkilotning hujjatlari qimmatdorlik ekspertizasiga oid maslahat davlat arxivi ish kunida 4 soat davomida amalga oshiriladi.
Tashkilotlar (idoraviy arxivlar)dagi – maslahatlar bir ish kunida amalga oshiriladi.
2.1. So‘rov bo‘yicha ma’lumot berish
Ish kunlari: Dushanbadan jumagacha.
“Shaxsan: Xizmatlarni qabul qilish va matn ko‘rinishidagi standart yozma ma’lumotlarni taqdim qilish, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi rekvizitlar, zaruriy hujjatlar tarkibiga oid har qanday masalada 9-00 dan 18-00 gacha (20 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan tartibda) og‘zaki maslahat beriladi.
Telefon orqali; keng ыamrovli ma’lumotlarni berish talab qilmaydigan, masalan, davlat bojini to‘lash rekvizitlari, xizmatlarni qabul qilishga oid har qanday masalada, 9-00 dan 18-00 gacha (5 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan tartibda) og‘zaki maslahat beriladi.
Faks orqali: 24 coat davomida har qanday yozma so‘rovlarni qabul qilish, 9-00 dan 18-00 gacha esa so‘rovlar bo‘yicha (3 varaqdan ko‘p bo‘lmagan) yozma hujjatlar jo‘natiladi.
Elektron pochta orqali: (oddiy matn, ilova qilingan DOC, RTF, PDF) keng tarqalgan yoki kelishuv asosida boshqa formatdagi har qanday yozma so‘rovlar sutka davomida qabul qilinadi, 9-00 dan 18-00 gacha (oddiy matn, ilova DOC, RTF, PDF) yoki kelishuv asosida boshqa formatdagi yozma hujjatlar mazkur standartga muvofiq fayllar? zaruriy blankalar, jo‘natishsh sxemasi bo‘yicha yuboriladi.
2.2. Xizmat uchun to‘lov
Xizmat uchun to‘lov kelishuv asosida amalga oshiriladi.