O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligda “Hujjatlardan foydalanish va axborot xizmati” bo‘limi tashkil etilgan.

Axborot xizmati  – Agentlikning faoliyati to’g’risidagi axborot taqdim etish uchun mas’ul.

Matbuot xizmati tomonidan barcha ommaviy axborot vositalarining vakillari uchun axborot ochiqligi ta’minlanib, “Xizmatda foydalanish uchun” va “Maxfiy” grifi bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari, so‘ralgan axborotning barcha turlarini etkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimizda arxiv muassaslarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, sohada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida 3 ta markaziy davlat arxivlari va 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmalarida axborot xizmatlari tashkil etilgan.

               

               Agentlik Axborot xizmati rahbari – Bosh direktor matbuot kotibi

               Anarqulova Nilufar Usmonaliyevna

               Aloqa uchun ma’lumotlar: 

               Тel.: (0371) 230-50-45

               Faks: (0371) 277-13-35

               Elektron pochta: uzarchive@archive.uz

 

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Sizga “O’zarxiv” agentligining Axborot xizmati doimiy hamkorlikka qilishga, agentlik va uning tizimidagi arxiv muassaslari faoliyatiga oid tahliliy ma'lumot va sharhlarni olishingiz uchun ko'maklashishga tayyor ekanini bildiramiz.

Har bir murojaatingizga nisbatan sifatli va o‘z vaqtida munosabat bildiriladi.

Agentlik Axborot xizmati Sizning so‘rovlaringiz yuzasidan sifatli material tayyorlash uchun tizimdagi korxona va tashkilotlar ham jalb qilinadi.

Arxiv sohasiga oid maqola, lavha, eshittirish hamda intervyular tayyorlashda hamkorlik uchun Axborot xizmatiga murojaat qiling.

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarining "Ozarxiv" agentligiga murojaat etish tartibi:

1. Yozma ravishdagi so‘rovlarni quyidagi manzilga: 100431, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi 2-uyga  (so‘rovlar mas’ul rahbar, bosh muharrir imzosi bilan rasmiy blankda) yuboring.

 

2. Elektron tarzdagi murojaatlarni uzarchive@archive.uz  manziliga yuboring.

Barcha so‘rovlar o‘z ichiga quyidagilarni olgan bo‘lishi shart:

- materialning asosiy mavzusini aniq ta’riflash;

- savollar ro‘yxati;

- materialni e’lon qilish yoki efirga uzatish sanasi;

- tahririyat va muxbir haqida ma’lumot (xizmat va qo‘l telefonlari, elektron manzil).

Javoblar O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ravishda taqdim etiladi.