O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


     Maxammatov Abulqosim Jumabaevich

     O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktori

          (0371) 277-04-80

          Qabul kunlari: Seshanba, juma  soat 10:00 dan 12:00 gacha

          E-mail.: info@mda.uz             

Majburiyatlari

arxiv faoliyatini tashkil qiladi va arxiv zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi;

o‘rinbosarning va tasarrufidagi bo‘lim mudirlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;

arxivning asosiy faoliyati va xodimlarga oid buyruqlar chiqaradi va ularga oid ko‘rsatmalar beradi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
arxiv xodimlarining belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;

arxiv xodimlarini muntazam ravishda malakasini va amaliy ko‘nikmalarini oshirishni ta’minlaydi;

arxivning moddiy-texnik bazasini doimiy takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini tadbiq etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

mehnat va ijro intizomi, so‘rovlarni ijro etish sifati va madaniyatini doimiy nazorat qilib boradi;

Markaziy davlat arxivi tarkibiy bo‘limlari Nizomlarni, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) to‘g‘risidagi Nizom, Mehnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

Markaziy davlat arxivi hujjatlarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish, matbuotda nashr qilish, tadqiqotchilarni arxiv o‘quvxonasida hujjatlar bilan ishlashiga ruhsat berish masalalarini hal qiladi;

Markaziy davlat arxivi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni jamlash, saqlash, ta’mirlash, zarar yetmaydigan holda saqlash (konservatsiyalash), nusxa ko‘chirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishning samarali tizimi va usullarini joriy qiladi;

arxivning uskunalar va boshqa zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, binodan texnik jihatdan foydalanish (texnik ekspluatatsiyasi)ni ta’minlaydi;

Markaziy davlat arxivi bazasida respublika arxivchilarining kasbiy malakalarini oshirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirish, arxiv ishini ilmiy asosda tashkil etish va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;

o‘z vakolati doirasida tashkilotlar bilan arxiv xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzadi; jamoa shartnomasi va mehnat qonunchiligiga asosan mehnatni ilmiy tashkil etish va unga haq to‘lashni takomillashtirish, arxiv xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

o‘z faoliyatini “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi muassasalari, jamlash manbaiga kiritilgan vazirlik, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan aloqada, ishchan hamkorlikda olib boradi;

arxiv hujjatlari va ma’lumotlarining to‘liqligi, butligi va xavfsizligi uchun javob beradi;

amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

  Manzil:Manzil: 100043, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 2-uy

    Arxiv nizomini ko'chirib olish (*.pdf 233 kb)