I. Siyosat va tartib-taomillar

“Oʻzarxiv” agentligining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sektori nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 22-sentabrdagi 342-son, “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-yanvardagi 13-son, “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ayrim ichki hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-oktabrdagi
367-son (mazkur buyruq bilan 10 ta ichki meʼyoriy hujjat qabul qilingan) buyruqlari qabul qilingan.

II. Xavf-xatarlarni baholash[1]

“Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240- son qarori ijrosi yuzasidan Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlariga yuklangan 34 ta funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatarlari e-anticor.uz elektron tizimi orqali tahlil qilindi. Tahlil qilingan funksiyalarning
3 tasi – past, 29 tasi – oʻrta, 2 tasi – yuqori korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik boʻlgan funksiyalar deb baholandi.

“Oʻzarxiv” agentligining 2025-yil 2-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasi tasdiqlandi.

III. Amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillar

Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish 

“Oʻzarxiv” agentligida Manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyalarni oʻrganish asosida 1 ta haqiqiy manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanib, bartaraf etildi.

Korrupsiyaga qarshi qoidalarni Tashkilot shartnomalariga kiritish 

Xoʻjalik shartnomalariga korrupsiyaga qarshi qoidalar kiritib borilmoqda. Oʻz navbatida, xoʻjalik shartnomalarining korrupsiyaga qarshi qoidalariga kontragentlar tomonidan rad etish holatlari uchramagan.

Kontragentlarni tekshirish

Kontragentlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilgan.

Ishga nomzodlarni tekshirish

Agentlik tomonidan hisobot davri davomida 2 nafar rahbar kadrlar ishga qabul qilingan.

V. Taʼlim va kommunikatsiya

Hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat arxivlarining xodimlari umumiy onlayn oʻqitishdan oʻtmoqdalar.

VI. Korrupsiyaviy xatti-harakatlar va huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar

Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisidagi aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlar markaziy apparat, hududiy va tarkibiy boʻlinmalari kesimida koʻrsatiladi; 

Mansab vazifalari va tartib-taomillar kesimida olingan tahliliy maʼlumotlar (masalan, xaridlar jarayonida, kadrlarni ishga qabul qilish bilan bogʻliq tartib-taomillarda) keltiriladi; 

Olingan xabarlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar qoidabuzarliklar kesimida keltiriladi (masalan, korrupsiyaviy xatti-harakatlar, manfaatlar toʻqnashuvi, kelishuv tartib-taomillarini protseduralarini buzish va boshqalar); 

Olingan xabarlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar aloqa kanallari kesimida keltiriladi (masalan, ishonch telefoni, bevosita xabar berish va boshqalar). 

VII. Monitoring va nazorat[2]

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, shuningdek, Rotatsiya/lavozimga tayinlanishda yoki yillik deklaratsiyani toʻldirish vaqtida manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi toʻgʻrisidagi arizani toʻgʻri toʻldirmasdan “Oʻzarxiv” agentligining
2021- yil 27-oktabrdagi 367-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom talablariga rioya etmaganligi uchun tegishli xodimlarga qatʼiy choralar koʻrildi.

Xususan, Agentlik va uning tizimidagi (markaziy apparat, Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari) 7 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi.

VIII. Aniqlangan qoidabuzarliklar va ularga taʼsir choralari 

Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan rahbar va xodimlarning
1 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 3 nafariga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.