Joriy etilgan ichki nazorat (komplayens) tizimi bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tatbiq etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi 2023-yilda ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini oldi.
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 30-avgustdagi 55-son buyrug‘iga asosan quyidagilar “Oʻzarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarga tatbiq etildi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 42-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;
Adliya organlari tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni boʻyicha asosiy shartlar;
Adliya organlari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni boʻyicha asosiy shartlar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 43-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
c) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 44-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisida nizom;
d) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 45-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish yuzasidan uslubiy koʻrsatmalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Agentlikning 2021-yil 27-avgustdagi 311-son buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sektori tashkil etilgan.
Agentlikning 2021-yil 22-sentyabrdagi 342-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi nizomi tasdiqlangan.
Agentlikning 2021-yil 27-oktyabrdagi 367-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, uning hududiy boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 10 ta ichki meʼyoriy hujjatlar tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan.
“Oʻzarxiv” agentligining Korrupsiyaviy xavf-xatarlar birlashgan xaritasi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, Korrupsiya xavf-xatariga eng koʻp moyil boʻlgan lavozimlar roʻyxati tasdiqlangan.
“Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktyabrdagi PQ-5263-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentyabrdagi PF-5834-son Farmoni, 2019-yil 20-sentyabrdagi PQ-4463-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori va “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2007-yil 17-iyul 18- son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1703, 2007-yil 13-avgust) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan va Adliya vazirligiga tegishli takliflar taqdim etilgan.
Vazirlik va idoralarda ish yuritish va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish:
– “Oʻzarxiv” agentligi markaziy apparati (boshqaruv) faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO:9001) joriy qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, Agentlikning 2022-yil 28-fevraldagi 01-26-06/284-son xati asosida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan (2022-yil 7-martda) kelishildi.
– “Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 10-martdagi 50-son buyrugʻiga asosan mazkur reja hamda ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
– “Vazirlik va idoralar faoliyatiga ISO 9001 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimining joriy etish” mavzusida joriy yil 31-mart hamda 4-aprel kunlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tashkil etilgan videokonferensaloqa orqali oʻtkazilgan seminarda Agentlik (markaziy apparati mutaxassis va xodimlari) tomonidan ishtirok etildi.
– “Oʻzarxiv” agentligi (boshqaruv) faoliyatiga ISO 9001 xalqaro standartni joriy etish (baholash auditini oʻtkazish, xodimlarni malakasini oshirish) maqsadida Agentlik tomonidan texnik shartlar loyihasi ishlab chiqildi, shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtgan va milliy sertifikatlashtirish tizimida tan olingan kompaniyaning professional konsultativ xizmatidan foydalanish uchun bildirilgan takliflar asosida mazkur kompaniyalarning faoliyati davriyligi, koʻrsatilgan xizmatlar sifatini oʻrganish ishlari hamda Davlat xaridlari portali (https://xarid.uzex.uz) orqali shartnoma tuzish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borildi. Davlat xaridlarini amalga oshirish maqsadida 5 kishidan iborat Xarid komissiyasi tuzilib, xarid.uzex.uz portaliga kiritildi. (https://etender.uzex.uz/customer/edit-trade/draft/64790)
– “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatiga ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida “Davlat xaridlari” elektron portalida eng yaxshi takliflarni aniqlash uchun konkurs (lot 22110012107929) shartlari joylashtirildi.
– “Oʻzarxiv” agentligi (boshqaruv) faoliyatiga ISO 9001 xalqaro standartni joriy etish (baholash auditini oʻtkazish, xodimlarni malakasini oshirish) maqsadida Agentlik tomonidan texnik shartlar loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
– “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Etender.uzex.uz portali (lot raqami 129560) orqali “GLOBAL MANAGEMENT CONSULT” MChJ hamda ALFAKON SYSTEMS MChJ oʻrtasida tanlov oʻtkazildi. Tanlov natijalariga koʻra “GLOBAL MANAGEMENT CONSULT” MChJ gʻolib deb topilib, konsultativ xizmat koʻrsatish uchun mazkur kompaniya bilan 2022-yil 26-avgustda 195/22-son shartnoma imzolandi, shuningdek, mazkur shartnomaga asosan avans toʻlovi oʻtkazib berildi.
– “GLOBAL MANAGEMENT CONSULT” MChJning 2022-yil 20-sentyabrdagi 38/22-son xati asosida ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari boʻyicha konsalting xizmatini koʻrsatish ishlari boshlanganligi bildirildi.
– Agentlikni ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlariga muvofiqligi oʻrganib chiqildi (diagnostik audit oʻtkazildi), ISO standarti joriy qilinish sohasi hamda ISO standartlariga muvofiq ish yuritish jarayonlari aniqlandi, ushbu ish yuritish jarayonlarini kirish va chiqish maʼlumotlari, jarayon tavsifi va maqsadlari yozilib, qogʻozga tushirildi. Shuningdek, Agentlikning tashqi va ichki omillari SWOT-tahlili yordamida aniqlandi, Agentlikka aloqador manfaatdor tomonlar roʻyxati tuzildi.
– “Oʻzarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha Siyosat ishlab chiqildi va tasdiqlandi, shuningdek, xodimlar tegishlicha tanishtirildi.
– Agentlikning boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha ISO standartlariga muvofiq ish jarayonlari tahlil qilindi, qayta koʻrib chiqildi va tasdiqlashga berildi.
– “Oʻzarxiv” agentligida ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar talablari asosida birlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish boʻyicha olib boriladigan ishlar (protsedurы) va ish yuritish jarayonlari (protsessы) hujjatlari hamda 2022-yil uchun maqsadlar (seli) ishlab chiqildi va tahlili oʻtkazildi, shuningdek, ularni amaliyotga joriy etish uchun Agentlikning 2022-yil 9-noyabrdagi 203-son buyrugʻi bilan tasdiqlandi.
– “Oʻzarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga “ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari boʻyicha boshqaruv tizimini ishlab chiqish” yuzasidan 2022-yil 22-25-noyabr kunlari oʻqitish kursi tashkil etildi. Ushbu kursda 21 nafar tinglovchi ishtirok etib, oʻqish yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
– “Oʻzarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlari talablari asosida ish yuritish hujjatlari ishlab chiqildi, tegishlicha tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi.
– “Oʻzarxiv” agentligida ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar talablari asosida birlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻyicha ichki audit dasturi, ichki auditni oʻtkazish rejasi, ichki auditorlar guruhini shakllantirish va ularni bilimlarini baholash yuzasidan tegishli hujjatlar ishlab chiqildi hamda tahlili oʻtkazildi, shuningdek, ichki auditni oʻtkazish toʻgʻrisida Agentlikning 2022-yil 15 dekabrdagi 217-son buyrugʻi bilan tasdiqlandi.
– 2022-yil 19-dekabr kuni “Oʻzarxiv” agentligida ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar talablari asosida birlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻyicha rejaga muvofiq ichki audit oʻtkazildi.