O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


“O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi tarkibi

“O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi (METK) – maslahat organi hisoblanadi. Uning qarorlari “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi, shundan so‘nggina arxiv muassasalari, shuningdek respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va tashkilotlarida bajarilishi shart hisoblanadi. 

METK tarkibi rais, uning o‘rinbosari, kotib va “O‘zarxiv” agentligi hamda Toshkent shahrida joylashgan davlat arxivlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni arxivi mutaxassislari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, jamoat va ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkilotlari, o‘quv yurtlari va idoralar vakillaridan iborat komissiya a’zolaridan tashkil topadi.

METK raisi etib “O‘zarxiv” agentligi boshqaruv xodimlaridan biri tayinlanadi.