Axmedov Barat Maxmudovich

Axmedov Barat Maxmudovich

O`zbekiston Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Milliy arxivi direktori, texnika fanlari doktori, professor

(0371) 142-11-95

info@ntmd.uz

Qabulga yozilish

Qabul kunlari: Seshanba, juma  soat 10:00 dan 12:00 gacha

Manzil: 100179, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Nozimaxonim ko‘chasi, 86-uy. www.ntmd.uz


Majburiyatlari

Arxiv faoliyatini tashkil qiladi va arxiv zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi;

o‘rinbosarning va tasarrufidagi bo‘lim mudirlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;

arxivning asosiy faoliyati va xodimlarga oid buyruqlar chiqaradi va ularga oid ko‘rsatmalar beradi hamda bajarilishini nazorat qiladi;

arxiv xodimlarining belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;

arxiv xodimlarini muntazam ravishda malakasini va amaliy ko‘nikmalarini oshirishni ta’minlaydi;

arxivning moddiy-texnik bazasini doimiy takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini tadbiq etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

mehnat va ijro intizomi, so‘rovlarni ijro etish sifati va madaniyatini doimiy nazorat qilib boradi;

O'zbekiston Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi tarkibiy bo‘limlari Nizomlarni, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) to‘g‘risidagi Nizom, Mehnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

O'zbekiston Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi hujjatlarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish, matbuotda nashr qilish, tadqiqotchilarni arxiv o‘quvxonasida hujjatlar bilan ishlashiga ruhsat berish masalalarini hal qiladi;

O'zbekiston Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni jamlash, saqlash, ta’mirlash, zarar yetmaydigan holda saqlash (konservatsiyalash), nusxa ko‘chirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishning samarali tizimi va usullarini joriy qiladi;

arxivning uskunalar va boshqa zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, binodan texnik jihatdan foydalanish (texnik ekspluatatsiyasi)ni ta’minlaydi;

O'zbekiston Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi bazasida respublika arxivchilarining kasbiy malakalarini oshirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirish, arxiv ishini ilmiy asosda tashkil etish va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;

o‘z vakolati doirasida tashkilotlar bilan arxiv xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzadi;

jamoa shartnomasi va mehnat qonunchiligiga asosan mehnatni ilmiy tashkil etish va unga haq to‘lashni takomillashtirish, arxiv xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

o‘z faoliyatini “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi muassasalari, jamlash manbaiga kiritilgan vazirlik, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan aloqada, ishchan hamkorlikda olib boradi;

arxiv hujjatlari va ma’lumotlarining to‘liqligi, butligi va xavfsizligi uchun javob beradi;

amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.

Arxiv nizomini ko'chirib olish (*.pdf 232 kb)