O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


     Mengliev Abuali O`sarovich

     Arxiv ishi bo'yicha tashkiliy-metodik ishlar bo'limi boshlig’i

       +99871 277-11-68

       Qabul kunlari: Seshanba, juma  soat 10:00 dan 12:00 gacha

       E-mail.: mengliev@archive.uz              

 

Tarjimai hol:

1983 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Millati - o‘zbek Ma’lumoti – oliy. 2006 yil O'zbekiston Milliy universiteti. Mutaxassisligi – siyosatshunos.

Mehnat faoliyati:

2000-2002 yy. – Toshkent koperativ tijorat kolleji talabasi;
2002-2006 yy. – O'zbekiston Milliy universiteti talabasi;
2007-2007 yy. – Toshkent shahar Hamza tuman “Mahalla” jamg'armasi bosh mutaxasissi;
2007-2008 yy. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Hamza tuman bo'limi Kengashi etakchi mutaxasissi;
2008-2009 yy. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo'limi Kengashi bo'lim mudiri;
2009-2011 yy. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Bektemir tuman bo'limi Kengashi raisi;
2011-2011 yy. – “O'zarxiv” agentligida bo'lim boshlig'i;
2011-2012 yy. – Surxondaryo viloyat Davlat arxivi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
2012-2014 yy. – Surxondaryo viloyat Davlat arxivi direktori;
2014-2015 yy. – “O'zarxiv” agentligida elektron arxivlar va xujjatlarni yuritish bo'lim bosh mutaxassisi;
2015 y. - h.v. – “O'zarxiv” agentligida Arxiv ishi bo'yicha tashkiliy-metodik ishlar bo'limi boshlig'i.
Bo`lim haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi
Arxiv ishi bo‘yicha tashkiliy-metodik ishlar bo‘limi to‘g‘risida
N I Z O M

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Agentlikning Arxiv ishi bo‘yicha tashkiliy-metodik ishlar bo‘limi*- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligining** asosiy, yetakchi tarkibiy bo‘limi bo‘lib, boshqa bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. 2. Bo‘lim agentlik rahbariyati topshirig‘iga ko‘ra, respublika arxiv muassasalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy, ilmiy, iqtisodiy jihatdan boshqarishni tashkillashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF) hujjatlarini jamlash, ularning doimiy saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish kabi masalalarga doir tashkilotchilik ishlari bo‘yicha tadbirlarni uyushtiradi; shuningdek, O‘zR MAF hujjatlari qimmatdorligini ekspertiza qilish va idoraviy saqlash hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar ish yuritishida hujjatlarni yuritish masalalari bo‘yicha respublikada arxiv ishining sohaviy va sohalararo boshqaruvini amalga oshiradi. 3. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Arxiv ishiga doir barcha qonunlari, O‘zR Oliy Majlisi qarorlari, O‘zR Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O‘zR Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda «O‘zarxiv» agentligi Nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlari, rahbariyat buyruqlari, ko‘rsatmalari va topshiriqlari, shuningdek mazkur Nizom asosida amalga oshiradi. 4. Bo‘lim o‘z faoliyatini agentlik Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning istiqbol, joriy yil rejalariga asosan yuritadi. 5. Bo‘limni agentlik Bosh direktori buyrug‘i bilan tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. 6. Bo‘lim boshlig‘i bo‘limning barcha faoliyatini tashkillashtiradi, bo‘limga yuklatilgan barcha vazifalar va xizmat majburiyatlari bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi, bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha agentlik rahbariyatiga takliflar kiritadi.

II. BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFA VA FUNKSIYALARI

7. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Agentlikning boshqa bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda respublikada Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda tashkiliy-uslubiy va hujjatlar saqlovini ta’minlash ishlarini takomillashtirish; respublikada arxiv ishi va ish yuritishni uzoq muddatga rejalashtirishni tashkil etish, respublika arxiv muassasalari faoliyatining joriy yilga rejalashtirilishini ishlab chiqish va takomillashtirish; arxiv ishi va ish yuritishda davlat siyosatini yuritish, davlat nazoratini tashkil etish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish, arxiv hujjatlari saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish va rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; Agentlik hay’ati va markaziy devoni faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, uning bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish; O‘zR MAF hujjatlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va respublika bo‘yicha O‘zR MAF hujjatlarining markazlashgan davlat hisobini olib borish; bo‘lim vakolati doirasida respublika arxiv muassasalari faoliyatini nazorat qilish, ularga Arxiv ishida iqtisodiy samaradorlik, davlat arxivlarini O‘zR MAF hujjatlari bilan jamlash, ularning qimmatdorligi ekspertizasini o‘tkazish, O‘zR MAF hujjatlari doimiy saqlovini amalga oshiradigan idoraviy arxivlar, shu jumladan sohaviy davlat fondlari va shaxsiy tarkib arxivlari, idoraviy arxivlar, tashkilotlar hujjatlarini yuritishda, shuningdek respublika arxiv muassasalarining ilmiy-uslubiy ishlar sohasidagi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish; tashkilotlarning respublika davlat arxivlariga shartnoma asosida O‘zR MAF hujjatlarini topshirishiga doir ishlariga rahbarlik qilish va nazorat olib borish; O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan xorijiy davlatlar fuqarolari va tashkilotlarning arxiv ishiga oid shikoyatlarini ko‘rib chiqish va ushbuga oid qabul qilingan qarorlar nazoratini olib borish; Agentlikning Asosiy tadbirlar rejasi tayyorlanishi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish; respublika arxiv muassasalarida kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha nazorat olib borish va ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish; respublika davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib arxivlari faoliyatini bozor munosabatlariga asosida tashkil etish va muvofiqlashtirish; respublika davlat arxivlarida hujjatlar saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish, arxivlarni texnik jihozlash ishlarini tashkil etish hamda O‘zR MAF hujjatlarini o‘zlarida doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarga hamda shaxsiy tarkib arxivlariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish; Davlat arxivlarining qo‘riqlov va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir faoliyatlari ustidan nazorat olib borish; arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha respublika va ilg‘or chet mamlakatlar ijobiy tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish. 8. Bo‘lim o‘ziga biriktirilgan vazifalar yuzasidan quyidagi funksiyalarni bajaradi: agentlikning boshqa bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda respublikada Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va O‘zR MAF hujjatlari yuritilishini yanada takomillashtirishga doir tegishli choralar-tadbirlar hamda hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish va saqlashning eng maqbul jihatlari bo‘yicha dasturlar majmuini ishlab chiqadi; respublika arxiv muassasalarida hujjatlar saqlovini ta’minlash, davlat hisobini va ilmiy-ma’lumot apparatini (IMA) yuritish hamda davlat arxivlarini texnik jihozlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarga doir takliflar ishlab chiqadi; respublikada Arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga oid yig‘ma yillik rejalar loyihasini ishlab chiqadi, ularni «O‘zarxiv» agentligi rahbariyati tasdig‘i hamda O‘zR Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlaydi; respublika arxiv muassasalari faoliyatining rejalashtirish qismi hamda arxiv ishini rivojlantirish rejalari bajarilishini nazorat qiladi, reja ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, yig‘ma hisobot olib boradi va respublika arxiv muassasalari reja topshiriqlarining bajarilishini tahlil qiladi; respublika arxiv muassasalarini maqsadli o‘rganish rejasiini tuzadi va uni tashkillashtiradi; bo‘lim vakolati doirasida mavzuli tekshiruvlar o‘tkazadi, ularni muvofiqlashtiradi va hisobini olib boradi; respublika arxiv muassasalarida Arxiv ishini rivojlantirishning yillik rejalarini bo‘lim yo‘nalishidagi masalalar bo‘yicha tahlil qiladi, ularga umumiy xulosalar tayyorlaydi; respublika arxiv muassasalari faoliyati haqida agentlikka keladigan hisobot hujjatlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, vaqti-vaqti bilan ular faoliyatiga yakun yasaydi; O‘zR MAF hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, markazlashgan davlat hisobini olib boradi; respublika arxiv muassasalari tarmog‘ining yig‘ma statistik hisobini yuritadi, boshqa bo‘limlar va tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda yig‘ma statistik hisobotlarni tuzadi; bo‘limlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida agentlikning Asosiy tadbirlari rejalari loyihasini tayyorlaydi; agentlik faoliyati haqida hisobot tuzadi. Agentlikning Asosiy tadbirlari rejasini bajarilishi ustidan nazorat olib boradi; agentlik Hayati yig‘ilishlariga zarur materiallar tayyorlanishini uyushtiradi, shuningdek, bo‘limga tegishli masalalarni ko‘rib chiqish uchun agentlik Hay’ati, Jamoat va Ilmiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi; respublika arxiv muassasalari faoliyatini iqtisodiy jihatdan tahlil etishni uyushtiradi, mehnat unumdorligini oshirish, tejamkorlik, ichki zahiralarni ishga solishga oid takliflar tayyorlaydi; respublika arxiv muassasalarida mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishni uyushtiradi hamda ular ijrosini nazorat qiladi; respublika arxiv muassasalari tarmog‘i, tarkibiy tuzilmalarining takomillashtirilishiga oid takliflar ishlab chiqadi; respublika arxiv muassasalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom loyihasi, agentlik kengashlari va komissiyalari haqidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkillashtiradi; O‘zR markaziy davlat arxivlari to‘g‘risidagi nizomlarni ko‘rib chiqishni uyushtiradi va tasdiq uchun tayyorlaydi; respublikada Arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishga oid masalalar bo‘yicha agentlik Hay’ati qarorlari loyihasini tayyorlaydi hamda O‘zR Vazirlar Mahkamasiga axborotlar taqdim etishni tashkillashtiradi; bo‘lim faoliyati yo‘nalishidagi masalalar bo‘yicha agentlikning buyruqlari va boshqa ko‘rsatmalari loyihalarini tayyorlaydi; davlat saqloviga topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar tarkibi va respublika davlat arxivlarining jamlash manbalarini aniqlash hamda hujjatlarning davlat arxivlariga topshirilishi muddatlarini belgilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi; agentlikning Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi (METK) yig‘ilishlarida respublika markaziy davlat arxivlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari, tashkilotlar MEK (markaziy ekspert komissiyalari), EK (ekspert komissiyalari), ETK (ekspert tekshiruv komissiyalari) faoliyati haqidagi ma’ruzalar va hisobotlarni, shuningdek, hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish bo‘yicha davlat arxivlarini O‘zR MAF hujjatlari bilan to‘ldirish bo‘yicha respublika darajasidagi me’yoriy-uslubiy qo‘llanmalar loyihalarini muhokama etishni uyushtiradi; respublika arxiv muassasalarida hujjatlarning idoraviy saqlanish muddatlarini uzaytirish, muassasalarga O‘zR MAF hujjatlarini o‘zlarida doimiy saqlash huquqini berish haqidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va ularga xulosalar tayyorlaydi; tashkilotlar hujjatlarini davlat saqloviga topshirish uchun tanlash va tayyorlash paytida fondlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi va hal etadi; mahalliy va xorijiy tashkilotlar va fuqarolarning respublika arxiv muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan hizmatlarga va arxiv raxbarlari faoliyatiga oid kelib tushgan shikoyatlarini qondirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; O‘zbekiston tarixiga oid mavjud hujjatlarni chet ellardan qaytarib olib kelish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Hujjatlarni respublika davlat arxivlari o‘rtasida taqsimlash, shuningdek ularni respublikaning bir davlat arxividan boshqasiga o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqadi; davlat va idora arxivlarida, muzey va kutubxonalarda saqlanayotgan arxiv yo‘nalishiga kirmaydigan hujjatlar taqdiriga oid takliflar tayyorlaydi; idoraviy arxivlar tarmog‘iga doir ishlarni tashkillashtiradi va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; respublika tashkilotlari va arxiv muassasalari bilan birgalikda idoraviy arxivlar ishini takomillashtirish hamda tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarini tuzishga oid tadbirlarni, shuningdek idoraviy arxivlarda ish yuritish ahvolini o‘rganishni tashkillashtiradi; respublika arxiv muassasalarining shartnoma asosida bajaradigan xizmatlari, O‘zR MAF hujjatlarini davlat saqloviga topshirishga tayyorlash ishlarining bajarilishi va idoraviy arxivlar faoliyatini tartibga soladigan me’yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish hamda ish yuritishda hujjatlar tuzish ishlari ustidan rahbarlik va nazorat olib borishni amalga oshiradi; agentlikning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda respublika arxiv muassasalari amaliy ishlarida ilmiy izlanishlar natijalarini, davlat va sohaviy yagona andozalarni va boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlar joriy etilishini tashkil etadi; bo‘lim yo‘nalishidagi ilmiy-uslubiy natijalarni, me’yoriy-uslubiy ishlanmalarni ko‘rib chiqadi va taqriz beradi, ularni tasdiqlash, nashr etish va joriy etishning maqsadga muvofiqligi (yoki emasligi) haqida xulosalar beradi; bo‘lim vakolatidagi masalalar bo‘yicha tashkilotlar, ilmiy muassasalar va kasaba uyushmalari bilan ishchanlik aloqalarini olib boradi; bo‘lim yo‘nalishidagi masalalarga doir ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida sharhlar, ma’ruzalar, axborotlar va umumlashtiruvchi boshqa hujjatlar tayyorlaydi hamda konferensiya, seminar, kengash, yig‘ilishlarda faol ishtirok etadi; respublika arxiv muassasalari xodimlari malakasini oshirish yillik rejalarining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi; respublika arxiv muassasalari xodimlari malakasini oshirishning turli shakllari bo‘yicha o‘quv dasturlari va boshqa uslubiy hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkillashtiradi; agentlik devoniga va agentlik tizimidagi muassasalarda rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish uchun xodimlar zahirasini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, xodimlar zahirasi tarkibining muntazam yangilanib turilishini nazorat qiladi; respublika arxiv muassasalari xodimlari va jamoalarini mukofotlash va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

IV. BO‘LIMNING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI

9. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega: agentlikning boshqa bo‘limlari va respublika arxiv muassasalaridan o‘z faoliyatidagi vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni o‘rnatilgan tartibda so‘rab olish; tashkilotlardan o‘rnatilgan tartib bo‘yicha idoraviy arxivlar va muassasalar ish yuritishida hujjatlarni tuzishga oid materiallarni olish; o‘rnatilgan tartib bo‘yicha respublika arxiv muassasalari, tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining bo‘lim vakolatidagi masalalarga doir kengashlarini chaqirish; o‘z faoliyat yo‘nalishidagi masalalar bo‘yicha respublika arxiv muassasalari hamda idoraviy arxivlar ishi va muassasalar ish yuritishida hujjatlarni tuzish masalalariga doir tashkilotlar vakillarining axboroti, hisobotini eshitib turish; o‘rnatilgan tartib bo‘yicha tashkilotlar arxivlari va ish yuritish xizmatlari faoliyatini borib o‘rganish, bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika arxiv muassasalariga ko‘rsatmalar tayyorlash; bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat doirasida bo‘lim xodimlari (bosh mutaxassis) lavozimi yo‘riqnomasining ishlab chiqilishi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish; o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, respublika korxonalari, muasasalari, tashkilotlari va birlashmalari arxivlari va ish yuritish xizmatlariga borish; 10. Bo‘lim o‘z faoliyatida quyidagilarga majbur: bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish; mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish va hamda mazkur hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini tekshirish; bo‘lim Agentlik Nizomi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

V. BO‘LIMNING AGENTLIK BO‘LIMLARI VA BOSHQA TASHKILOTLAR BILAN O‘ZARO ALOQALARI

11. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni agentlikning boshqa bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda bajaradi. Shuning uchun boshqa bo‘limlar unga: a) respublikada Arxiv ishi va ish yuritishni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish bo‘yicha takliflar; b) arxiv muassasalarining shu soha yo‘nalishi bo‘yicha rejaviy - hisobot hujjatlariga xulosalar; v) agentlik rejalariga takliflar va uning faoliyati haqidagi hisobotlarga materiallar; g) ilmiy-uslubiy yo‘nalishlari, izlanishlar va me’yoriy-uslubiy ishlanmalar haqida takliflar; d) ilmiy - uslubiy ishlar rejalari, izlanishlarning texnik-topshiriqlari va dasturlari loyihalariga, shuningdek poyoniga yetkazilgan ilmiy ishlanmalar va me’yoriy - uslubiy hujjatlar, o‘quv qo‘llanmalar va dasturlarga xulosalar; ye) ilmiy-ishlanmalar va me’yoriy-uslubiy hujjatlarni joriy etish rejalariga takliflar, joriy etish natijalari va samaradorligi haqida materiallar; j) arxiv muassasalarining mazkur yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini yaxshilashga oid tahliliy materiallar va takliflar taqdim etadilar. Bo‘lim o‘z faoliyati, xizmatlari va vazifalarini agentlikning boshqa bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari, respublikaning markaziy davlat arxivlari hamda hududiy arxiv ishi boshqarmalari, mahalliy davlat arxivlari bilan birgalikda o‘zaro ishchanlik aloqalari asosida amalga oshiradi.
 
Nizomni yuklab olish (*.pdf 193 kb)