“Oʼzarxiv” agentligi Аxborot xizmati rasmiy bayonoti
Oʼzbekiston Respublikasida koronovirus pandemiyasi natijasida eʼlon qilingan karantin sababli 2020 yil 24 martdan eʼtiboran respublikadagi barcha davlat arxivlarida “KАRАNTIN” eʼlon qilinadi va vaqtincha foydalanuvchilarga anьanaviy tarzda xizmat koʼrsatish TOʼXTАTILАDI.
Karantin vaqtida respublikadagi davlat arxivlarining qabulxona va hujjatxonalarda dezinfektsiya ishlari amalga oshiriladi. Karantin jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlari ishchi holatida oʼz ish faoliyatini olib boradi. Soʼrovlar elektron qabul qilinadi.
Davlat arxivlariga fuqarolar mehnat staji va ish xaqi boʼyicha arxiv maʼlumotnomalarini olish uchun elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmat portali my.gov.uz, elektron pochta uzarchive@archive.uz (jumladan milliy arxivlar va arxiv ishi hududiy boshqarmalarining elektron pochta manzillari Аgentlikning rasmiy veb-sayti www.archive.uz da joylashtirilgan) manzillariga murojaat etishlari mumkin. Soʼrovingizning ijro holati yuzasidan telefon orqali bilib ham olishingiz mumkin. "Oʼzarxiv" agentligi "Ishonch telefoni" 71-230-50-44.
Foydalanuvchilarni qabul qilishni amalga oshirilishi oldindan “Oʼzarxiv” agentligining archive.uz rasmiy saytida eʼlon qilinadi.
“Oʼzarxiv” agentligi Аxborot xizmati