O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


    Odilov Murodillo Axlimirzayevich

     Elektron arxivlar va xujjatlarni yuritish bo'limi boshlig'i

        +99871 277-11-68

        Qabul kunlari: Seshanba, juma  soat 10:00 dan 12:00        gacha

        E-mail.: ma_odilov@archive.uz                 

 

 

Tarjimai hol:

1991 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2013 yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Mutasassisligi – tarixchi, arxivchi

Mehnat faoliyati:
2012-2015 yy. – O`zbekiston Respublikasi Ilmiy-tehnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida arxivchi, 1-toifali arxivchi, yetakchi arxivchi, bo`lim mudiri;
2015-2017 yy. – “O'zarxiv” agentligi Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo'limi bosh mutahassisi
2017 y.- h.v. – “O'zarxiv” agentligi Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo'limi boshlig'i
Bo`lim haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining
Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Agentlikning Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo‘limi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda-Agentlik) tizimidagi arxiv muassasalarida elektron arxivlarni yaratish, ulardan foydalanish hamda ish yuritish faoliyatini olib boruvchi bo‘lim hisoblanadi. 2. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlarga hamda, «O‘zarxiv» agentligi me’yoriy hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Bo‘lim o‘z vazifasini, agentlikning Asosiy tadbirlar rejalariga buyruqlariga, ko‘rsatmalariga va topshiriqlariga asosan amalga oshiradi.

II. BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

6. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: agentlikning bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Respublikada Arxiv ishi va ish yuritishdagi mavjud hujjatlarni to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish hamda tegishli ko‘rsatmalar berib borish; O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va ularning faoliyat ko‘rsatishini tartibga solishni hamda muvofiqlashtirishni tashkil etish; agentlik markaziy devoniga, tarkibiy bo‘linmalariga, hududiy boshqarmalariga elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlarning ijrosini ro‘yxatga, hisobga olish, ularning aylanishini tahlil va nazorat qilishni yagona tizimini takomillashtirish masalalarida uslubiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan tarmoq axborot resurslaridan, Internet resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; agentlik hamda uning tizimidagi arxiv muassasalari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini joriy qilish hamda kerakli dasturlar bilan ta’minlash jarayonida ishtirok etish. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi axborot resurslarini va elektron hujjatlarni himoya qilinishini tashkil etish. Respublika davlat arxivlarining jamlash manbaiga kiruvchi tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat saqloviga elektron ko‘rinishda topshirishi uchun tayyorgarlik ishlariga rahbarlik qilish va nazoratini olib borish. 7. Bo‘limning o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: agentlikning bo‘limlari va uning tarkibiga kiruvchi arxiv muassasalari bilan birgalikda Respublikada Arxiv ishining rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; arxiv idoralarida axborotlashtirish sohasidagi siyosatni, axborot resurslarini, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda korporativ axborot tizimini yaratishini amalga oshiradi; Respublika arxiv muassasalariga elektron hujjatlar uchun yig‘majildlar namenklaturasini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatadi; “O‘zarxiv” agentligi veb-portalini doimiy ishlashini ta’minlashga oid texnikaviy masalalarni hal etilishini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi alohida (o‘ta) qimmatli va noyob hujjatlarining elektron nusxalari yaratilishini tashkil qiladi; agentlik hay’ati a’zolari, agentlik devoni xodimlari, markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning muovinlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlarining mehnat ta’tiliga chiqish jadvalini tuzadi; agentlikning bo‘limlari hamda uning tarkibiga kiruvchi arxiv muassasalari bilan birgalikda bo‘limga tegishli, shu bilan birga Respublika arxiv idoralariga ta’lluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat va sohaviy standartlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi; bo‘limga turdosh bo‘lgan yo‘nalishdagi chet el mamlakatlarining ilg‘or tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va joriy etilishini tashkil etadi;

III. BO‘LIMNING XUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI1

8. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega: o‘rnatilgan tartibda agentlikning bo‘limlaridan va agentlikni tarkibiga kiruvchi arxiv muassasalaridan yuklatilgan vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish hamda vazifalarni bajarilmaganligi sabablarini ko‘rsatuvchi hujjatlarni so‘rab olish; agentlikni tarkibiy bo‘linmalari xodimlaridan hujjatlarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri yuritilishini va yig‘majildlar ro‘yxatiga muvofiqligini (bo‘limlarning har yili dekabr oyida kelgusi yilga mo‘ljallangan yig‘majildlar ro‘yxatini taqdim etishni ham) nazorat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari, davlat arxivlaridan har bir yangi olinayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumotlarni (maxsus ishlab chiqilgan forma yordamida) muntazam ravishda so‘rab olish. O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida, Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat arxivlari saqlanayotgan elektron hujjatlarni saqlanish holatini joylarda o‘rganish; bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat vakolati doirasida bo‘lim xodimlaridan (bosh mutaxassis) bo‘limning ishini tashkil qilishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishini va uning bajarilishini nazorat qilib borish. 9. Bo‘lim quyidagilarga javobgar hisoblanadi: ish yuritish sohasidagi barcha turdagi hujjatlarni me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida rasmiylashtirilganligini nazorat qilishga; Respublikada faoliyat yuritayotgan tashkilotlardan ham Agentlik tizimiga kiruvchi arxiv idoralaridan kelgan xat hujjatlarni hisobga olishga va ularni Agentlikda o‘z vaqtida ijrosini bajarilishini nazorat qilishga; tashkilotlarning idoraviy arxivlarida saqlanayotgan elektron hujjatlarni saqlanish darajasi haqidagi ma’lumotlarni respublikadagi davlat arxivlaridan ma’lumotlarni o‘z vaqtida agentlikka kiritilishiga hamda idoraviy arxivlarda muddati o‘tgan elektron hujjatlarni davlat saqloviga olish uchun joylardagi davlat arxivlarida elektron arxivlarni sifatli yaratilganligiga; ushbu nizomni bandlarini o‘z vaqtida bajarilishiga.

VI. BO‘LIMNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

10. Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni agentlikning bo‘limlari va uning tarkibiga kiruvchi arxiv muassasalari ko‘magida bajaradi. Agentlik bo‘limlari unga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: a) zamonaviy AKT talab yuzasidan takliflar; b) tegishli topshiriqlarini bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar; v) xodimlarni taqdirlash yuzasidan ma’lumotlar; 11. Bo‘lim boshlig‘i bo‘limning faoliyatini tashkil etadi, uning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va xizmat majburiyatlari bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi, bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha agentlik rahbariyatiga hisobot va takliflar kiritadi. 12. Bo‘limni agentlik Bosh direktori buyrug‘i bilan tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. 13. Bo‘lim tarkibiga bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis kiradi.
 

Nizomni yuklab olish (*.pdf 168 kb)