O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


O'zarxiv” agentligi Hay'ati yig'ilishlari va unda ko'rilgan asosiy masalalar to'g'risida

2016 yil 22 yanvar

2016 yilning 22 yanvarida “O'zarxiv” agentligi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Respublika arxiv muassasalari 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalari; arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati; O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonuni va uni amalga oshirish borasida arxiv muassasalarining asosiy vazifalari; Milliy arxiv fondi Davlat katalogini shakllantirish holati, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarining borishi; Agentlik va markaziy davlat arxivlarining 2015 yil harajatlari smetasi ijrosi hamda davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadlarining sarflanishi; arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat Majlisining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-a-son bayonining ijrosi; Agentlik tizimi idoralarida korruptsion illatlarning oldini olish va korruptsiyaga qarshi kurashish holati to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

2016 yil 6 fevral

2016 yil 6 fevralda “O'zarxiv” agentligining videoselektor tarzida kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi va uning tarkibiy bo'linmalarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari holatini o'rganish to'g'risidagi va turli masalalar ko'rib chiqildi.

2016 yil 31 mart

2016 yil 31 martida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati va Markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 482-son qarorini ijrosi, O'zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida O'zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to'g'risida”gi Qonun ijrosini o'rganish hamda 2016 yil davlat byudjetidan ajratilgan mablag'larni “O'zarxiv” agentligi hamda markaziy davlat arxivlari o'rtasida taqsimlanishi to'g'risidagagi va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

2016 yil 26 aprel

2016 yil 26 aprelida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti vakili va “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati, Markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlanishi, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligining ta’minlanish holati, “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

2016 yil 24 may

2016 yil 26 aprelida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va unga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berish masalalari ko'rib chiqildi.

2016 yil 6 iyun

2016 yil 6 iyunida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.

Yig'ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish, Surxondaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-sonli qarori ijrosini o‘rganish natijalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi markaziy davlat arxivlarida buxgalteriya hisobini yuritilishi va “O‘zarxiv” agentligi tizimida ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan ishlab chiqilgan “Ijro intizomini reyting baholash dasturi ta’minoti” elektron dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

2016 yil 22 iyul

2016 yil 22 iyulida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi Markaziy apparati va markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlanishi, AKTni joriy etilishi va axborot xavfsizligining ta’minlanish holati, arxiv muassasalarida o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar natijalari, “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

2016 yil 16 sentyabr

2016 yil 16 sentyabrida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati, markaziy davlat arxivlari direktorlari va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarma boshlig’i ishtirok etdilar.

Yig'ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisining 2016 yil 13 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida”gi 2016 yil 8 sentyabrdagi Qo‘shma Qarorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi - O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan topshiriqlarni amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora tadbirlar haqida”gi 80-sonli bayoni ijrosini ta’minlash masalalari ko'rib chiqildi.

2016 yil 21 oktyabr

2016 yil 21 oktyabrida “O'zarxiv” agentligining Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi markaziy apparati, markaziy davlat arxivlari direktorlari va ularning o'rinbosarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.

Yig'ilish kun tartibida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yil 9 oyligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, “O‘zarxiv” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati va Agentlik tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati muhokama etildi.