Bugungi kunda bo'sh ish o'rinlari mavjud emas!

Ishga qabul qilish shartlari Boshqaruv xodimlari uchun - Davlat fuqarolik xizmatchilarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan xodimga ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar?

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

pasport yoki uning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatni, oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar esa, — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani;

mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi oʻrniga asosiy ish joyidan olgan maʼlumotnomani;

harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

qonunchilikka muvofiq maxsus maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin boʻlgan ishlarga kirayotganda oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Bo'sh joylar bo'yicha nomzodlar o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi manzil orqali yuborishlari mumkin:

Elektron pochta manzili: info@archive.uz, yoki pochta manzili: 100043, Toshkent shahri,  Chilonzor tumani, Chilonzor ko’chasi, 2-uy.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin:

Telefon: (55) 503-01-50 (123)
Faks raqami: (0 371) 277-13-35

MY.GOV.UZ

Ko‘chirib olish (doc. 24 kb)

Malaka talablari (pdf. 3 mb)