O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Axborot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


Agentlik rahbariyati tomonidan aniqlanadigan axborot siyosatini tashkil etish va uni tadbiq etishda qatnashish;
Agentlik faoliyati to'g'risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajarish; arxiv ishi va ish yuritishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishini ta'minlash;
arxiv ishi va ish yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Agentlik faoliyatining dolzarb jihatlarini milliy va chet el ommaviy axborot vositalarida yoritib borishini tashkil etish;
Internet tarmog'ida Agentlik veb-resurslari, jumladan arxiv ishi va ish yuritish sohasida umumiy foydalaniluvchi elektron bazalarni yaratish va ularning samarali ishlashini ta'minlash;
arxiv sohasiga yoshlarni jalb etishga yo'naltirilgan ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Agentlikning www.archive.uz veb-saytida arxiv sohasi to'g'risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yo'li bilan arxivlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko'rish;
Agentlik, davlat arxivlari va boshqa arxiv muassasalariga nisbatan mahalliy, respublika va chet el ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik fikrlari holatini tahlil qilish va bundan Agentlik rahbariyatini xabardor etish.
   

Axborot xizmati o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Xizmatning oldida turgan dolzarb vazifalarni samarali xal etish uchun Agentlikning boshqa tarkibiy bo'linmalari bilan xamkorlikda axborotlarni to'plash va tahlil etish;
ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar (press-relizlar, axborotnomalar, tahlil va b.q.lar)ni tayyorlash va tarqatish;
arxiv ishi va ish yuritish bo'yicha davlat siyosatini joriy etish, Agentlik faoliyatiga oid masalalarga doir tele va radioeshittirishlarni tashkil etish,        bosma nashrlarni milliy va chet el nashriyotlarida chop etishga tayyorlash va nashr etish;
Agentlik rahbariyati va mutaxassislarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o'zaro suhbat va boshqa uchrashuvlarini, brifinglar, matbuot-konferentsiyalarni tashkil etish;
Agentlik faoliyatiga doir masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrlari va milliy va chet el ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o'rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Agentlik rahbariyati ma'ruzalari uchun dolzarb nashrlar tahlillarini tayyorlash;
ommaviy axborot vositalari bilan Agentlik faoliyatining asosiy yo'nalishlariga oid axborot-ma'lumot ishlarini o'tkazish uchun tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimli ma'lumotlar bazasini yaratish;
Agentlik faoliyatini to'liq va haqqoniy yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan hamkorlikni amalga oshirish; Internet tarmog'ida Agentlik axborot portalini yaratish va uni zamonaviy miqyosda ushlab turish.
Xizmat o'z vakolati doirasida milliy va chet el axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalarining Agentlik faoliyatiga doir materiallarni tayyorlashda xamkorlik ko'rsatish bo'yicha buyurtma va so'rovlarini ko'rib chiqadi.