O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 243-son qaroriga asosan vazirlik tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zarxiv” agentligi tizimida o‘z muxbirlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAV mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

ixtisoslashuvi;

tarqalish hududi;

elektron pochta manzili;

tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan texnik jihozlar, muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma’lumot taqdim etishi so‘raladi.

Yuborilgan so‘rov tashkil etilgan Akkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.