O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


“O’zarxiv” agentligida Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun mas’ul etib Agenlikning Hujjarlardan foydalanish va ahborot xizmati bo’limi mas’ul etib belgilangan.

 

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 18 sentyabrdagi 02/1-436-sonli “Hindiston Respublikasi Bosh vaziri N.Modining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi (2015 yil 6-7 iyul) chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar Rejasi hamda 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik Dasturi 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi va Agentlik rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda har ikki davlatning boy madaniy va tarixiy merosga ega ekanligi, qadriyatlarning o‘xshashligini inobatga olgan holda kelgusida arxiv sohasida o‘zaro hamkorlik ishlarini rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, arxivlar faoliyatiga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Har ikki davlatning arxiv sohasi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 2016 yilning 17 avgust kuni Koreya Milliy arxivi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan arxiv ishi sohasidagi normativ-huquqiy aktlar, axborot va hujjatlar bilan, arxivshunoslik, arxeografiya va hujjatshunoslik masalalari bo‘yicha adabiyotlar, shuningdek arxiv hujjatlarining nashrlari bilan o‘zaro almashinadilar.

Shuningdek, Tomonlar arxiv ishi sohasida ekspertlar va mutaxassislar bilan o‘zaro almashinuvni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tadqiqotchilariga Tomonlarning davlat arxivlarida saqlanayotgan, hujjatlarga asoslangan meroslarni o‘rganish ishida amaliy yordam ko‘rsatadilar.

Har bir Tomon tegishli arxiv fondlari, ilmiy-ma’lumotnoma apparati va ma’lumot materiallarini kirib ko‘rishni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi xalqlari tarixi va madaniyati haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan o‘z milliy arxiv fondlarini to‘ldirish maqsadida Tomonlar bir-birlariga ularni aniqlash va nusxalarini taqdim etishda o‘zaro amaliy yordam ko‘rsatadilar.

Shuningdek, 2016 yiling 5-10 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida Xalqaro Arxivlar Kengashining Kongressi hamda “Arxivlar va fondlarni boshqarish” mavzusida seminar –treningda Agentlik vakillari ishtirok etdilar.

2016 yilning 31 may 1 iyun kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Yevrazika halqaro arxivlar Kengashining Yevroosiyo mintaqaviy filiallari XVII umumiy konferensiyasida Agentlik vakillari ishtirok etdilar.

2016 yilning 15-18 noyabr kunlari Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning 50 yillik yubileyi munosabati bilan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: Zamonaviy dunyoda arxiv ishi va hujjat yuritish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston arxiv muassasalari nomidan vakillar ishtirok etdilar.

Hozirgi kunda arxiv sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida quyidagi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan O‘mon Sultonligi Hujjatlar va arxivlar milliy boshqarmasi o‘rtasida tarixiy hujjatlar, yozuvlar va arxiv boshqaruvi sohasidagi Anglashuv memorandumi;

Rossiya Federatsiyasining Federal arxiv agentligi bilan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikdagi harakatlar rejasi;

Koreya Milliy arxivi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikdagi harakatlar rejasi xalqaro hujjatlarning kelishuv jarayoni amalga oshrilmoqda.