1 darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohibi nafaqadagi arxivchimiz xolidan xabar olindi

Raxbar aya O‘zbekiston kinofotofono milliy arxivida oddiy arxivchi vazifasidan ish boshlaganlarida Chilonzor mahallasida bugungiday obod joylar yo‘q edi. “O‘zarxiv”agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov fahriy Raxbarxon ayaning ko‘p yillik mehnatlarini shaxsan biladi,   samarali mehnati uchun yaqinda 1 darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganda, ular hursand bo‘lib, Agentlikka qo‘ng‘iroq qilgan edi. Bugun esa, bayram munosabati bilan uning holidan habar olgani "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi va Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimlari bordilar. 
Agentlik tashakkurnomasi, hurmat tabrigi va sovg‘alar topshirildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati