14 YANVAR VATAN HIMOYAChILARI KUNI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12 chaqiriq 14-sessiyasida Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, 15ta yuqori turuvchi davlat tashkilotlariga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. 1993 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi raisi Erkin Xamdamovich Xalilovga kun tartibiga muhokama uchun kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi T.Olimov tomonidan xat bilan murojaat etilgan. Mudofaa siyosati bosh maslahatchisi B.Kasыmov tomonidan qonun loyihasi to‘liq ma’qullanganligi to‘g‘risida xat kelib tushgan. 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash to‘g‘risidagi qonun muhokamasida bir nechta davlatlarning har yilgi qurolli kuchlarining bayramini nishonlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Jumladan, Pokiston, Hindiston, Rossiya, Belorusiya, Tojikiston va boshqa davlatlar ma’lumotlari keltirilgan.

1993 yil 29 dekabrda “Vatan himoyachilari kuni”ni belgilash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати