14 Yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbirlar

Tinch va osuda kechayotgan hayotimiz turli hil bayramlar bilan yanada shukuhli va mazmunli kechmoqda.  Yurtimizda munosib nishonlanayotgan har bir bayram bu -  ertangi kunimizning tinch va farovon bo’lishiga qat'iy ishonchdir.

    Bayramlarning  eng quvnog’i bo’lgan Yangi yil ham Farg’ona arxivlarida har safargidek munosib kutib olindi. 200 nafardan ortiq xodim faoliyat olib borayotgan mehnat jamoasi bilan bir dasturxon atrofida ơtkazilgan bayram har qachongidanda ơzgacha va maroqli bơldi.  Farg’ona shahridagi “Vodiy” restoranining muhtasham zalida bơlib ơtgan kechaga taklif qilingan mexmonlardan, sohada uzoq yillar ishlagan pensioner Qoraboeva Diloromxon opa sơzga chiqib, “Men, ishlagan davrimda viloyat bơyicha bu soxada bir-ikki nafar arxivchi yigitlar ishlar  edi, xolos. Mana hozir ushbu mehnat jamoasini 70-80 nafarini yigitlar tashkil  etayotganini ko’rib, sohada olib borilayotgan ishlarning naqadar samarali bo’layotgani va bundan ko’zlangan  yagona maqsad, sohani  yanada rivojlantirish  ekanligiga guvoh bơlmoqdaman. ” – deb aytgan sơzlari bugungi kunda arxiv sohasida viloyatda olib borilayotgan ishlarga berilgan munosib baho bơldi.    

    Yangi yil shukuhi kơngillarni tark  etmasdan,  Yurtimizga  yana bir bayram – “14  Yanvar -  Vatan himoyachilari kuni” kirib keldi.

    Bu yil ham Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 27 yilligini munosib nishonlash maqsadida, qolaversa, har yilgi an'anaga sodiq qolgan holda Boshqarma tashabbusi bilan “Boshqarma kơchma kubogi” sovrini uchun arxiv muassasalari futbol jamoalari ơrtasida mini futbol musobaqasi tashkil  tildi.

    Qơqon shahridagi “Oq qayin” sport va dam olish maskanida bơlib ơtgan bu tadbir “Mardlar qơriqlaydi Vatanni!” shiori bilan nomlandi hamda ushbu tadbirda arxivlarda mehnat qilayotgan 50 dan ortiq xodimlar ishtirok  etdilar.

    Olti jamoa qatnashgan ushbu musobaqa finalida viloyat davlat arxivi hamda Qơqon terma jamoasi yigitlari maydonga tushdilar. Nihoyatda murosasiz va qizg’in kechgan ơyin viloyat davlat arxivi jamoasi ğalabasi bilan  kunlandi va ular bu yilgi kơchma kubok  egalariga aylanishdi.

    Tadbir nihoyasida barcha ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

    Tadbirdan kơzlangan maqsad, bir oila bơlib, bir jamoada  yakdillik bilan mehnat qilayotgan xodimlar ơrtasida dơstlik, mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash, ularning sportga bơlgan mehrini oshirish hamda sog’lom turmush tarzini targib  etishdir.

     Bundan tashqari Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 27 yilligi munosabati bilan ko’rgazmalar tashkil etildi. Ko’rgazmaga xarbiy qismlar hizmatchilari va o’quvchi yoshlar jalb etildi.