2016 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi binosida “27 oktyabr – Butunjahon audiovizual meros kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

2016 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi binosida “27 oktyabr – Butunjahon audiovizual meros kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

2016 yil 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi binosida “27 oktyabr – Butunjahon audiovizual meros kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Toshkent viloyati pedagogika kollejining “Arxivshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari arxiv xodimlari ishtirok etdilar. Davra suhbati ishtirokchilariga arxiv bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya jarayonida “O‘zbekiston arxivlari kecha va bugun” mavzusidagi fotoko‘rgazma namoyish etildi.

Davra suhbatida arxivning fondlar bosh saqlovchisi Umida Akramova “27 oktyabr - Butunjahon audiovizual meros kuni” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Shuningdek davra suhbati davomida arxivning alohida qimmatli hujjatlaridan biri bo‘lgan “Qafasdagi qaldirg‘och” hujjatli filmi namoyish etildi hamda film namoyishidan so‘ng bahs-munozara, savol-javoblar tashkil etildi. Kollej talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Agentlik Axborot xizmati