2016 yilning 28 dekabr kuni soat 11:00da “O‘zarxiv” agentligi Hay’atining ochiq yig‘ilishi o‘tkaziladi.

2016 yilning 28 dekabr kuni soat 11:00da “O‘zarxiv” agentligi Hay’atining ochiq yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur ochiq yig‘ilishning kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etiladi:

1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat arxivlarining shaxsiy tarkib hujjatlarini migratsiya asosida yaxlit davlat saqlovini tashkil etish to‘g‘risida;

2. Davlat arxivlarida saqlanadigan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar ma’lumotlar bazasini to‘ldirish holatini tahlili natijalari to‘g‘risida;

3. “O‘zarxiv” agentligining 2017 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan asosiy ish rejasi to‘g‘risida.

Mazkur ochiq hay’at yig‘ilishida ishtirok etish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar “O‘zarxiv” agentligining Hujjatlardan foydalanish va axborot xizmati bo‘lim (A.Usmonov)i bilan bog‘lanishingiz so‘raladi.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi, 2-uy. Mo‘ljal: “O‘zbekfilm” kinostudiyasi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0371) 277-11-68; (01371) 230-50-45

Agentlik axborot xizmati