2018 yil 1 oktyabr kuni Marxamat tuman idoralararo xo'jalik xisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivining yangi binosi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bino ochilish marosimida Marxamat tuman xokimining o'rinbosari M.Qurbonov, Andijon viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Haydarov, Marxamat tumanida faoliyat ko'rsatayotgan tashkilot korxona va muassasalar rahbarlari, viloyat arxiv muassasalari rahbar va xodimlari hamda maxalla oqsoqollari ishtirok etdilar. Arxiv ishi xududiy boshqarmasi boshlig'i Sh.Haydarov, marosim qatnashchilariga tuman arxivi tomonidan 2018 yil 9-oyi davomida olib borgan ishlari, erishilgan yutuqlari xaqida gapirib, arxivni rivojlanishida qo'shgan xissalari uchun tuman xokimi Sh.Qamchievga viloyat arxiv ishi xududiy boshqarmasining tashakkurnomasi bilan o'zining minnatdorchiligini bildirdi. Marxamat tuman davlat arxivi direktori D.Ortiqov, hamda tuman shaxsiy tarkib xujjatlari arxivining yangi bino qurilishida jonbozlik ko'rsatgan bir nechta arxiv hodimlarini boshqarmaning tashakkurnomasi, hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirladi. Bundan tashqari 1 oktyabr ustozlar kuni munosabati bilan barcha ustozlarni, jumladan ustoz arxivchilar Sh.Mamitov, M.Nuritdinov, O.Shokirovlarni xam ustozlar bayrami bilan tabriklab, ularni boshqarmaning faxriy yorliqlari bilan tabriklab, barcha kelgan mexmonlarga yangi bino uzoq yillar tuman axliga xizmat qilishini tilab, bayram ishtirokchilarini chin qalbdan muborakbod etdi. Bino ochilish marosimidan so'ng tumandagi “Muxammad yusuf” madaniyat va istiroxat bog'ida tashrif buyurgan mexmonlar uchun bayram dasturxoni tayyorlanib osh tarqatildi.