O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligining 2018 yil I chorak yakunlariga bag’ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig’ilishi bugun soat 10:00 da O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi binosida bo’lib o’tdi .

Ushbu yig’ilishda hududiy arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari, markaziy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etishdi, hamda I chorak yakunlari davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisobotlar eshittirildi.

KUN TARTIBI

 

I.Respublika arxiv muassasalarining 2018 yil I chorakdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to’g’risida

II.Turli masalalar:

2.1.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “O’zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida ijro intizomi va ish yuritish holati to’g’risida

2.2.O’zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korruptsion illatlarning oldini olish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish holati to’g’risida

2.3. Samarkand va Qashqadaryo viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari va ularning tizimidagi arxivlarda sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks va maqsadli o’rganishlar to’g’risida mo’hokama etildi.

 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida QAROR QILINDI:

I. Respublika arxivlarining 2018 yil I chorakdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to‘g‘risida
(U.A’lamov, D.Kucharova, A.Amirov, I.Qaipnazarov B.Abdushukurov, U.A’lamov.)

1.1. “O‘zarxiv” agentligi Bosh mutaxassisi A.J.Amirovning Respublika arxivlarining 
2018 yil I chorakdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to‘g‘risidagi axboroti, hususan:
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2018 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasi 46 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, 35 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarilganligi;
hisobot davrida respublika davlat arxivlari pulli xizmatlarining umumiy hajmi 2017 yilning shu davriga nisbatan o‘sganligi va 2,5 mlrd.so‘mni, o‘sish sur’ati 150 % (2017 yil 1-chorak yakunida – 1,7 mlrd. so‘m) tashkil etganligi;
2018 yil I choragi mobaynida ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovini o‘tkazilishi bilan bog‘liq 0,5 mlrd. hajmdagi pulli xizmatlar bepul bajarilganligi;
Agentlik tomonidan davlat arxivlari saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning ro‘yxatlarini raqamlashtirish va elektron bazasini yaratish ishlari olib borilib, bugungi kunda jami 1 531 013 s.b. mavjud 20 812 ta ro‘yxat raqamlashtirilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlari elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishilganligi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davri davomida 605 215 qog‘oz, 9 246 surat, 70 ta kino va 89 ta ovoz hujjatlarining elektron nusxalari hamda 17 900 saqlov birligidagi qog‘ozasosdagi va 6 195 hisob birligidagi surat hujjatlardan 24 095 ta bibliografik ma’lumotlari yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Shu bilan birga,
2017 yilning shu davriga nisbatan arxivlar tomonidan asosiy faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan ayrim ishlarda, jumladan:
xodimlarni malakasini oshirish (48 %), boshqaruv hujjatlar xatlovini takomillashtirish va qayta ishlash (46 %), boshqaruv hujjatlarini ro‘yxatlash (61%), boshqaruv hujjatlarni mavjudligini tekshirish (91 %) ko‘rsatgichlarida shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati kuzatilmaganligi;
shuningdek, ilmiy-texnik hujjatlarni qabul qilish (31 %), davlat arxividagi ilmiy-texnik hujjatlarni qimmatliligini ekspertizalash (31 %) ko‘rsatgichlarida reja bajarilmaganligi;
arxiv ishi hududiy boshqarmalari va markaziy davlat arxivlari tomonidan quyidagi ko‘rsatgichlar bo‘yicha reja bajarilmaganligi, jumladan, boshqaruv hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirish Surxondaryo viloyatida (73%), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (79%), me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tayyorlash Qoraqalpog‘iston Respublikasida (57%) kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tilsin.
1.2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Qaipnazarov), Surxondaryo (B.Abdushukurov) viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari asosiy ish rejasidagi belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsinlar;
ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bo‘yicha har bir arxivda o‘rganish o‘tkazib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilasinlar.
II. Turli masalalar:
2.1 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlardagi ijro intizomi va ish yuritish holati to‘g‘risida
(D.Kucharova, A.Mahammatov, G.Bekmuxammedova, B.Axmedov, Sh.Haydarov, N.Axmadaliv, R.Matrasulov, A.Mahkamov, D.Kucharova)
2.1.1. “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlarda 2018 yil I chorak davomida ijro intizomi,jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Bosh direktor virtual qabulxonasi orqalikelib tushgan murojaatlar ijrosi holati va bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari D.Kucharova axboroti, xususan:
2018 yil I chorak davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 563 tani, yuborilgan hujjatlar 248 tani, 71 ta asosiy faoliyatga oid 24 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 8ta farmoyishni tashkil etganligi;
2018 yil I choragi davomida Agentlik tomonidan 73 ta shundan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari (3 ta) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, formoyshi va qarorlari (34 ta) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (36 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilinganligi;
“O‘zarxiv” agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 191 ta, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 131 ta, my.gov.uz portali orqali 27 ta, Ishonch telefoni orqali 12 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi orqali 7 ta, Agentlikka yozma tarzda 14 ta murojaatlar kelib tushganligi, (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 128 ta, my.gov.uz 27 ta, ishonch telefoni 7 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 6 ta, Agentlikka yozma tarzda 9 ta) Qonunning 25-moddasiga muvofiq taalluqliligi bo‘yicha tegishli joylarga yuborilganligi;
davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 853 ta murojaatlar kelib tushganligi hamda ushbu murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilganligi;
shuningdek, 2018 yil I chorak davomida davlat arxivlariga jami 61 732 ta (90%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushganligi (2017 yil 1-chorakda - 68 482 ta), 49 102 nafar fuqaro arxivga shaxsan murojaat etganligi;
Arxiv hujjatlari asosida 52 107 ta so‘rovlar bajarilib, ulardan 45 422 tasi ijobiy, 3 053 tasi salbiy javoblarni tashkil etganligi;
so‘rovlar asosan evakuatsiya, mehnat staji, ish haqi, taqdirlanish, o‘qish davrini tasdiqlashdan iborat bo‘lganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.1.2. Shu bilan birga, ijro intizomini, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlashda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, xususan:
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (A.Mahammatov), Andijon (Sh.Haydarov), Namangan (N.Axmadaliv), Xorazm (R.Matrasulov) viloyatlari, Toshkent shahar (A.Mahkamov) arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Hukumatning qarorlari, “O‘zarxiv” agentligining buyruqlari, farmoyishlari, bayonlari va topshiriqlarini ijrosini bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yib kelayotganliklari;
Agentlik tomonidan yuborilgan xat va topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (2 ta), O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjalari markaziy davlat arxivi (4 ta), Qashqadaryo (2 ta), Buxoro (3 ta), Samarqand (3 ta), Farg‘ona (3 ta), Andijon (4 ta), Sirdaryo (4 ta), Surxondaryo (4 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6 ta), Jizzax (6 ta), Namangan (7 ta), Xorazm (7 ta), viloyatlari va Toshkent shahar (6 ta) arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanmaganligi jiddiy kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tilsin.
2.1.3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari hamda “O‘zarxiv” agentligining topshiriqlari ijrosini nazorat qilishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va tizimdagi arxivlar rahbarlari va xodimlariga nisbatan talabchanlikda mas’uliyatni susaytirganliklari alohida ko‘rsatib o‘tilsin.
2.1.4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi “RM.gov.uz portali”, gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tomonidan chiqarilayotgan topshiriqlar ijrosi respublika arxivlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanmayotganligi,
ayrim arxiv xodimlarining, ayniqsa murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan to‘liq tanish emasligi, buning oqibatida esa quyidagi jiddiy xato-kamchiliklar kuzatilayotganligi, jumladan:
gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlarni Jizzax (2 ta), Qashqadaryo (2 ta), Sirdaryo (2 ta), Samarqand (4 ta), Surxondayo (4 ta) viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan kech qabul qilinishi va tegishliligi bo‘yicha yuborilishi holatlari mavjudligi;
shuningdek, joylardagi xalq qabulxonalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tushgan murojaatlar ya’ni, Toshkent shahar (2 ta), Samarqand (2 ta), Toshkent (1 ta), viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 ta), arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan murojaatlar 15 kunlik muddatdan kechiktirib bajarilganligi;
“Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish Markazi”da faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosi o‘z vaqtida tayyorlanib, markazga yetkazib berilmayotganligi, xususan:
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tomonidan M.Pozilov, I.Bayramov, X.Djamalov, K.Xolmatova, Z.Achilova, R.Achilova;
- O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi tomonidan B.Gaziyev;
- Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan I.Zvyagina, F.Abdullayeva, F.Rixsiyeva, V.Saidov, B.Saidov, M.Xasanova, A.Maqsudov, Sh.Qo‘chqorova, X.Raxmatullayevlarning so‘rovlari yuzasidan shu kunga qadar arxiv ma’lumotnomasini olmaganligi yoki qisman olganligi;
- arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi arxiv xodimlari va murojaatchilar o‘rtasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan aloqalarni imkon qadar cheklash maqsadida tashkil qilingan bo‘lsada, markaz faoliyatida korrupsion holatlar yuzaga kelishishiga zamin yaratilayotganligi jiddiy kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tilsin. 
2.1.5. Agentlik bo‘lim boshlig‘i (O.Xasanova):
“Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish Markazi”da ish faoliyatida hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ijro etish bo‘yicha yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan taklif ishlab chiqsin;
markaz faoliyatida kamchiliklarni yuzaga kelishiga imkon yaratib bergan, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha taklif kiritsin.
2.1.6. Qaraqalpog‘iston Respublikasi (M.Qaipnazarov), Jizzax (A.Kazakov), Qashqadaryo (Sh.Tursunov), Sirdaryo (I.Karimkulov), Samarqand (A.Mamanazarov), Surxondaryo (B.Abdushukurov), Toshkent (G.Bekmuxammedova) viloyatlari hamda Toshkent shahar (A.Mahkamov) arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari murojaatlarni ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodilarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rsinlar.
2.1.7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari:
arxivlarda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar va murojaatlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tezkor choralarni ko‘rsinlar;
ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar va murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning doimiy tarzda malaka oshirib borishlarini ta’minlasinlar.

2.2 O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati to‘g‘risida
(A.Amirov,U.A’lamov, D.Kucharova, I.Karimkulov, Yu.Kamolov, G.Bekmuxamedova)
2.2.1. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi Komissiyasi kotibi A.Amirovning axboroti:
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari va viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tomonidan “Xizmat ko‘rsatish darajasini baholash anketasini” tizimdagi arxivlarda joylashtirilgan ishonch qutisidagi fuqarolar fikrining monitoringi olib borilganligi, xususan: 
tekshirish natijasida ishonch qutilarida jami 4 925 ta taklif va shikoyatlar fuqarolardan kelib tushganligi, shundan, 4 796 tasi ijobiy, qolgan 129 tasi salbiy murojaatlar aniqlanganligi, shuningdek, korrupsion xolatlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmaganligi;
davlat arxivlariningjamlash manbai hisoblangan idoraviy arxiv xodimlari va arxiv xodimlari o‘rtasida arxiv ishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, shuningdek, ish yuritish va arxiv ishining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, arxivlarga berilayotgan hisobotlar va hujjatlarni noqonuniy yo‘q qilishga ajratish bo‘yicha jinoiy va ma’muriy javobgarligi muqarrar ekanligi yuzasidan 2018 yil I chorak davomida jami 143 ta o‘tkazilgan treninglarda(seminarlar, davra suhbatlari soni) 783 ta davlat arxivlari xodimlari va 2 557 ta idoraviy arxiv xodimlari ishtirok etganligi;
mazkur treninglar davomida idoraviy arxivlar tomonidan jami 651 ta kamchiliklar aniqlanganligi, shundan 451 tasida ish yuritish va arxiv ishining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, 190 tasida davlat arxivlariga tegishli statistik ma’lumotlar to‘liq va sifatli taqdim qilinmayotganligi yoki umuman berilmayotganligi, 10 tasidahujjatlarni tegishli kompetentlik guvohnomasiga ega bo‘lmagan xodimlar tomonidan tartibga keltirilayotganligi aniqlanganligi; 
arxivlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida huquq-targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda 2018 yil I chorak davomida 74 ta tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lib, jami 
1 051 ta davlat arxivlari xodimlari ishtirok etganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
2.2.2. Shu bilan birga, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish, Odob-ahloq qoidalari hamda arxivchilarnnig Etika kodekslari kabi qator chora-tadbirlar va topshiriqlar ishlab chiqilganligiga qaramasdan Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariarxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan Agentlik tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq ta’minlanmaganligi natijasida ushbu viloyatlarning tuman va shahar davlat arxivlari hamda idoralararo shaxsiy tarkib arxivlarida, korrupsiyaga qarshi jamoaviy kurash olib borish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar talablari buzilish holatlari kuzatilayotganligi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy nazorat olib borilmayotganligi, yuzaki yondoshib kelinayotganligi hamda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ayrim rahbar va xodimlar ma’sulyatsizlik bilan yondoshib sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi, xususan;
arxivlar tomonidan bajarilayotgan mavzuli so‘rovlarning to‘lovlari arxiv xisob raqamiga aksariyat hollarda kirim qilinmayotganligi;
hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish uchun alohida shartnoma tuzmasligi, tashkilotlarning o‘zida bo‘lgan hujjatlarni arxiv tomonidan yo‘q qilish ishlari amalga oshirmaslik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilganligiga qaramasdan ushbu holatlar haligacha mavjudligi;
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar davlat arxivi xodimi tomonidan fuqaroning arxivda mavjud bo‘lgan ish haqlarini yo‘q deb O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining
168-moddasi firibgarlik yo‘li orqali fuqarodan pul undirish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olinib, hozirgi kunda ushbu masala yuzasidan tergov jarayoni davom etayotganligi;
Farg‘ona viloyati Quva tuman davlat arxivi direktori shaxsiy boylik orttirish maqsadida o‘z mansabidan foydalangan holda ta’magirlik qilib, fuqaroga pul evaziga qalbaki hujjat tayyorlab berishini, o‘z navbatida fuqaro arxiv direktoridan o‘z manfaati yo‘lida o‘zi yashab turgan uy-joyga boshqa qarindoshlari da’vo qilmasligi uchun otasi nomiga sobiq shirkat xo‘jaligi qaroridan qalbakilashtirish ishlari uchun pul (pora) olayotgan paytda huquq-targ‘ibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olinganligi; 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar davlat arxivi xodimlari o‘z manfaatini ko‘zlab mavzuli so‘rovlarni bajarishida fuqarolardan pul olib davlat arxivi hisob raqamiga kirim qilinmaganligi qayd etilsin.
2.2.3. Sirdaryo (I.Karimkulov), Farg‘ona (Yu.Kamolov) va Toshkent (G.Bekmuxammedova) viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-ahloq qoidalari hamda arxivchilarnnig Etika kodekslari kabi qator chora-tadbirlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlanishida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganliklari ta’kidlab o‘tilsin.
2.2.4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari:
arxivlar etika kodeksi, arxivning ichki mexnat tartib qoidalarini buzilishiga va arxivda korrupsion illatlarni kelib chiqishiga sharoit yaratib kelayotgan va o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq, sifatli bajarilishida muntazam ravishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan rahbar va xodimlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rsinlar;
arxivlar faoliyatida korrupsion illatlarni kelib chiqmasligini qattiq nazoratga olsinlar;
bugungi kunda “Arxivchi” degan nomga dog‘ tushirayotgan xodimlarga arxivlarda o‘rin yo‘qligini yana bir bor barchaga tushuntirsinlar va bunda jamoaviy umumnazoratni samarali joriy etilishini izchil tashkil etsinlar;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Agentlikning hududiy komissiyalari ish faoliyati jiddiy jonlantirilishi, joylarga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsion illatlarni oldini olish yuzasidan muntazam maqsadli o‘rganishlar o‘tkazib borilishini ta’minlasinlar;
arxivlar tomonidan bajarilayotgan mavzuli so‘rovlarning to‘lovlari arxiv xisob raqamiga kirim qilinmaslik holatlarni mutloqo chek qo‘yilishini ta’minlasinlar;
hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish uchun alohida shartnoma tuzmasligi, tashkilotlarning o‘zida bo‘lgan hujjatlarni arxiv tomonidan yo‘q qilish ishlarini amalga oshirmasligini shaxsan nazoratga olsinlar, shuningdek ushbu masalalar yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin;
mazkur yo‘nalishda bajarilgan ishlar yuzasidan Agentlikka joriy yil 10 mayga qadar ma’lumot taqdim etsinlar.
2.2.5. “O‘zarxiv” agentligi bosh mutaxassisi, komissiya kotibi (A.Amirov):
Agentlik tizimidagi barcha arxivlarda korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha berilgan barcha topshiriqlari ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirsin;
ushbu yo‘nalishda har oyning yakunida tegishli monitoring ma’lumotlari umumlashtirib borilishini ta’minlab borsin;
arxivlarda korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha berilgan barcha topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarmayotgan rahbarlarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritsin;
har chorakda ushbu yo‘nalishda bajarilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlab borilishini va kengaytirilgan yig‘ilishlar muxokamasiga kiritilishini ta’minlab borsin.
2.3 Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari va ularning tizimidagi arxivlarda sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks va maqsadli o‘rganishlar to‘g‘risida.
(U.A’lamov, S.Bekova, Sh.Tursunov, G.Bekmuxammedova, A.Mamanazarov, U.A’lamov )

2.3.1. Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekova hamdaToshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i G.Bekmuxammedovalarning Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari va ularning tizimidagi arxivlarda sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks va maqsadli o‘rganish natijalari to‘g‘risida axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.3.2. O‘rganish jarayonida Qashqadaryo va Samarqand arxiv ishi hududiy boshqarmalari tizimidagi arxivlar faoliyatida idoraviy saqlov muddati o‘tgan hujjatlar mavjudligi, arxiv hujjatlarini sifatli saqlovini ta’minlash talab darajasida emasligi, xodimlarning hududdan tashqaridagi ilg‘or davlat arxivlarida stajirovka o‘tash ishlari sust olib borilayotganligi, davlat arxivlari saqlovxonalarida harorat-namlikni belgilangan me’yorlarda saqlash uchun konditsionerlar bilan ta’minlanganligi darajasi yetarli emasligi, hujjatlari arxivi kompyuterlarning barchasida litsenziyalanmagan Eset Nod32 Antivirus antivirus dasturlari o‘rnatilganligi, Fire Wall, IDS/IPS va DLP tizimlari joriy qilinmaganligi, asosiy yoki qo‘shimcha ro‘yxatlarga o‘tkazish ishlari sust darajada olib borilganligi, viloyat va tuman davlat arxivlarining pulli xizmatlar narxnomasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan hamda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan, “Arxivlarda pulli asosda xizmat ko‘rsatish narxnomasini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ga muvofiq ishlab chiqilmaganligi kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tilsin.
2.3.3. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari (Sh.Tursunov, A.Mamanazarov) o‘rganish davomida ko‘rsatilgan kamchiliklardan kelib chiqib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar;
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida arxiv sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirsinlar; 
kamchiliklarni yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan, o‘z ishiga ma’suliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rsinlar;
normativ-huquqiy xujjatlar ijrosini doimiy nazoratga olsinlar va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha kunlik nazoratni o‘rnatsinlar;
bajarilgan ishlar yuzasidan 2018 yil mobaynida har chorakda Agentlikka ma’lumot kiritib borsinlar. 
2.3.4. Agentlik bo‘lim boshlig‘i A.Mengliyev Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari (Sh.Tursunov, A.Mamanazarov) arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan doimiy nazoratni kuchaytirsin. 
2.3.5. Qashqadaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Tursunov bir haftalik muddatda Qashqadaryo viloyatida o‘z balansida binosi bo‘lmagan va mavjud binolarining sig‘imdorlik darajasi to‘lib bo‘lgan arxivlarni bino bilan ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyat hokimligiga tegishli tartibda taklif kiritsin.
2.3.6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari:
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida aniqlangan va shu kabi kamchiliklarni o‘zlarida kelib chiqish ehtimollarini oldini olgan holda tegishli ko‘rsatmalar bersinlar va ichki me’yoriy hujjatlar qabul qilsinlar;
arxivlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hisob-kitobi bo‘yicha uslubiy tavsiyasi” amal qilinayotganligini shaxsan nazoratga olsinlar;
har bir arxivlarda tizimli tartibda o‘rganishlar o‘tkazsinlar va o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsinlar.
2.3.7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktori A.J.Maxammatov va Agentlik bo‘lim boshlig‘i A.Mengliyev:
ikki haftalik muddatda arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi markaziy va viloyat davlat arxivlari direktorlari uchun uch kunlik malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqsinlar;
malakasini oshirgan O‘zbekiston Respublikasi markaziy va viloyat davlat arxivlari direktorlarini attestatsiyadan o‘tkazsinlar.
2.3.8. Agentlik bosh mutaxassisi Sh.Hojiboyev uch kunlik muddatda davlat arxivlarining filiallarni tashkil qilish bo‘yicha namunaviy nizomni barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalariga yetkazilishini ta’minlasin.
2.3.9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari:
bir haftalik muddatda ish faoliyatida kamchiliklari mavjud bo‘lgan idoralararo ho‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib arxivlarni davlat arxivi filialiga aylantirish masalalarini ko‘rib chiqsinlar;
o‘n kunlik muddatda viloyatdagi davlat arxivlarida mavjud doimiy saqlovdagi hujjatlarni viloyat bo‘yicha bir joyda saqlanishini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflarini kiritsinlar.
2.3.10. Agentlik bo‘lim boshliqlari, Nazorat sektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlarini rag‘batlantirilishida ijro intizomi holati alohida hisobga olinishini nazarda tutsinlar.
2.3.11. Ushbu Hay’at yig‘ilishi qarorlari ijrosi yuzasidan umumiy nazoratni Hay’at kotibi A.Mengliyev va Agentlik Nazorat sektori Sh.Hojiboyev zimmasiga yuklatilsin.

Yuklab olish (*.doc 24 kb)