2020 yil 4 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferens aloqa tarzidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ham muhokama etildi.    
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Qonun loyihasidagi Ixtisoslashtirilgan davlat arxivi tushunchasiga kengroq ta’rif berish, mazkur arxivlarni tashkil etilishining ahamiyatini ochib berish, seminar va o‘qishlar tashkil etish  yuzasidan tavsiyalar berildi.
Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати