25 maydan 27 mayga qadar Buxoro shahrida XVII  xalqaro "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali bo’lib o’tdi. "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali Turizm ni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, "Hunarmand" uyushmasining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Mazkur festival o’zbek xalqi madaniy merosini asrash yo’lida xizmat qiladi.

Buxoroning diqqatga sazovor manzillari bo’ylab uch kun davomida o’tkaziladigan bu yilga festival, erta tongdan Ark qo’rg’onida boshlanib, so’ng Labihovuz ansamblida davom etdi. Ansambl atrofida 3 mingga yaqin ishtirokchi, jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar va boshqa mehmonlar to’plangan. «Loyiha zamirida xalqimizning asriy urf-odatlari, milliy hunarmandchilik va amaliy san’ati, musiqa, raqs, xalq og’zaki ijodi, bir so’z bilan aytganda, boy madaniy merosimizni saqlash, uni qayta tiklash, yurtimiz va xorijda keng targ’ib etishdek olijanob maqsad mujassam».

Festivalning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik, xalq xo’jaligi yutuqlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirish.

XVII  xalqaro "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali dasturidan milliy ansambllar chiqishlari, mamlakatning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan ipak mahsulotlari va ziravorlar ishlab chiqaruvchilarining xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Shu bilan birga, bu yerda hunarmand ustalar ishlari namoyish etildi. 

Bundan tashqari, turli mahorat darslari, milliy o’yinlar va ko’ngilochar mashg’ulotlar, tasviriy va amaliy san’at galereyasi ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Festival doirasida usta hunarmandlar mahorat maktabi o’tkazdi. Gilamdo’zlik, kulolchilik, temirchilik va zardo’zlik kabi milly hunarmandchilik namunalarining namoyishi bo’lib o’tdi. Qo’chqor urishtirish, xo’roz urishtirish, dorbozlik kabi milliy o’yinlar namoyish etiladi.

Shuningdek, viloyatlarning folklor jamoalari ishtirokida kontsert hamda yosh va iqtidorli san’atkorlar ijrosida gala-kontsert bo’lib o’tdi.