27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

 O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz hayotidagi har bir hodisa, shu yurtni sevgan yurtdoshimiz uchun aziz.
Shaxsan men uchun arxiv sohamizdagi amalga oshirilayotgan har bir kichik bo‘lsa ham ijobiy o‘zgarish juda ham aziz. Bu xursandlikni boshqalarga ulashgim, ularni ham arxivlarning faoliyatlari yuzasidan fikrlarini yaxshilashga harakat qilgim keladi.
Axborot xizmati faoliyati bu ish o‘rnida o‘tirib qiladigan ish emas ekan. Bu lavozimga tayinlanganimga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Lekin shu qisqa vaqt ichida bizning sohamizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar qaysidir ma’noda meni dunyoqarashimni qisman bo‘lsada o‘zgarishiga olib keldi.
Tayyorlayotgan axborotlarimizni o‘quvchisiga bir qolipdagi fikr-mulohaza, so‘zlarni ravo ko‘rmayman.
Yangi tariximizda yangi sahifalar ochilayapti. Arxivlarimiz faoliyatida yangi sahifalar ochilayapti. Arxivchilarimizda yangi qirralar ochilayapti. Oldimizda qiladigan ishlarimiz juda ko‘p. O‘zgarishga tayyormiz. Intilishga tayyormiz.

Mehnat qilishdan qochmaymiz.
Barchasini bir o‘zim eplayman desam, umuman noto‘g‘ri bo‘ladi. Rahbarimiz ko‘rsatib berayotgan yo‘l, oqilona maslahati, qo‘llab-quvvatlashi natijasida, sohamizda ishlab kelayotgan jonkuyar hamkasblarimga minnatdorlik bildiraman! 
Barchalarini bayram bilan muborakbod etamiz!
Umuman olganda, har bir xodimga beriladigan mukofot uning mehnati, mashaqqati va zahmatlariga ko‘rsatilgan e’tibor nishonasidir. 
Minnatdorman!


Manba : "O'zarxiv" agentligi axborot xizmati