9 iyun “Xalqaro arxivlar kuni” va 15 iyun “Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O’zarxiv” agentligining har yilgi an’anasiga ko’ra “Yosh arxivchilar forumi”,  hamda joylarda davlat arxivi uchun yangi bino ochilish marosimi o’tkazildi.

Ushbu an’anaga ko’ra, bu yilgi “Yosh arxivchilar forumi” Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida, Amudaryo tumanida Amudaryo tuman davlat arxivi binosining ochilish hamda “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini yuritish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish” mavzusidagi  Konferentsiya 2018 yilning  8 iyun kuni  Qoraqalpog’iston Respublikasida  bo’lib o’tdi.

“Yosh arxivchilar forumi” Agentlik tizimidagi yosh arxivchi xodimlar o’rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish, arxiv sohasida o’z kasbini yetuk mutaxassis kadrlarni shakllashtirish hamda sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlar haqida mukammal bilimga ega bo’lish maqsadida respublika miqiyosida o’tkazildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi
2006 yili tuman hokimining 31 iyul 2006 yildagi  225-son qarori bilan tashkil etilgan. Maxsus qurilgan yangi bino 2016 yili tuman hokimining 02.11.16 587-son qarori bilan arxiv balansiga o’tkazildi. Ushbu binoni qurish va ta’mirlash uchun Qoraqalpog’iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 70 mln. so’m, Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 466 mln so’m, tuman davlat arxivining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 122 mln. so’m, jami 648 mln so’m mablag’ ajratildi.

Amudaryo tuman davlat arxivi binosining ochilish marosimi bilan birgalikda “Elektron hujjatlarni shakllantirish, jamlash, hisobini yuritish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish” mavzusidagi  Konferentsiyasi bo’lib o’tmoqda. Tadbirda “O’zarxiv” agentligi rahbariyati va xodimlari, arxiv ishi hududiy boshqarma boshliqlari va xodimlari, Markaziy davlat arxivlari vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkillashtirishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qori Kenesi, Vazirlar Kengashi, Yoshlar ittifoqi Kengashi, Amudaryo tumani va Elikq’ala tuman xokimliklari yaqindan ko’mak ko’rsatishdi. 

Tadbir sohaga kirib kelayotgan yosh arxivchilarni tarbiyalashda, sohada faoliyat ko’rsatayotgan yetuk mutaxassislardan o’rnak olib,  ularning bilim va tajribalari bilan almashishda katta yordam beradi.