“Agentlik kubogi” sport musobaqasining Farg‘ona viloyat hududiy bosqichi o‘tkazildi.

“Agentlik kubogi” sport musobaqasining Farg‘ona viloyat hududiy bosqichi o‘tkazildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining 2020 yil 11 fevraldagi AF-2-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasining 31-sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra tizimdagi arxiv muassasalari ishchi xodimlari o‘rtasida sportning bir qator turlari bo‘yicha viloyat saralash bosqichi 9-10 mart kunlari Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
“Agentlik kubogi” sport musobaqasining viloyat hududiy saralash bosqichi joriy yilning 9-10 mart kunlari Farg‘ona olimpiya zaxiralari sport kolleji binosida bo‘lib o‘tdi.
Sportning yugurish, kuch sinashish, stol tennisi, futbol hamda shashka turlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslari qizg‘in, yuqori kayfiyat hamda do‘stona ruxda tashkillandi. Unga ko‘ra yuqorida sanab o‘tilgan sport turlari bo‘yicha saralab olingan arxivchi-sportchilar “Agentlik kubogi”ning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Musobaqa so‘ngida g‘olib jamoa va qatnashchilarga boshqarmaning “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati