Agentlik Xay’at yig‘ilishi va respublika arxivchilari seminari o‘tkazildi.

Joriy yilning 3 may kuni sayyor tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zarxiv” agentligi tizimida arxiv ishini rivojlantirish holati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Xay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur Xay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini muhokama etildi. Xay’at yig‘ilishida Agentlik Bosh direktori U.Yusupov, markaziy apparat xodimlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari hamda viloyat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.

Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Yoshlar Markazi binosida “Davlat arxivlarida saqlovga qabul qilingan arxiv hujjatlarini davlat hisobiga olishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika arxivchilari seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori U.Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Seminarda “Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibi” va “Alohida qimmatli va noyob hujjatlarning hisobini yuritish va ro‘yxatlash” mavzusida Agentlik Bosh direktori o‘rinbosari D.L.Kucharova, “Arxiv muassasalarida hujjatlar hisobini yuritish” mavzusida Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.S.Bekovaning nazariy va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Seminarda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Respublikasi markaziy va viloyat arxivlari davlat arxivlari direktorlari hamda 17 nafar arxivchi mutaxassislar ishtirok etdilar.