AN'ANAVIY “AGENTLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI BU YIL O‘ZGAChA O‘TKAZILADIMI?

AN'ANAVIY “AGENTLIK KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI BU YIL O‘ZGAChA O‘TKAZILADIMI?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmoni ijrosini ta'minlash, 21 mart – Navro‘z bayrami doirasida Respublika arxivchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Agentlik farmoyishi imzolandi.
Farmoyishga ko‘ra joriy yilning 19-20 mart kunlari “Agentlik kubogi” sport musobaqasi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
"O‘zarxiv" agentligi farmoyishi bilan “Agentlik kubogi” sport musobaqasi tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
Bu yilgi musobaqada O‘zbekiston milliy arxivlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalaridan taqdim etilgan erkak va ayol nomzodlar ishtirok etadi.
Buning uchun hududlar joriy yilning 13 martiga qadar musobaqada ishtirok etish uchun talabnomalarni Agentlikka taqdim etishi lozim.
Agentlik arxiv tizimida mehnat qilayotgan xodimlarni ushbu sport musobaqalarida ishtirok etishga chorlab qoladi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati