25 fevraldan 2 martgacha «ochiq osmon» halqaro kelishuvni amalga oshirilishi doirasida Qo’shma SHtatlar va Buyuk Britaniyaning birgalikdagi missiyasi Rossiya hududi bo’ylab kuzatuv parvozini amalga oshiradi, deya habar beradi «Interfaks».

Parvoz AQSH havo kuchlarining OS-135B kuzatuv samolyotida amalga oshiriladi, u Habarovskdagi «Noviy» aerodromidan parvoz qiladi.

Bundan avvalgi «ochiq osmon» shartnomasi bo’yicha Amerikaning Rossiya ustidan parvozi 23 fevral kuni amalga oshirilgan. Ushbu parvoz 2017 yilning noyabridan buyon birinchisi bo’lgan.

Ushbu shartnomaga asosan 25 fevraldan 1 martga qadar Rossiyaning «An-30B» kuzatuv samolyotida Keln—Bonn «ochiq osmon» aerodromidan Germaniyaning hududida kuzatuv parvozi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu 2019 yilda shartnomaga a’zo davlatlar hududida Rossiya samolyotlarining uchinchi kuzatuv rejsi bo’ladi.

«Ochiq osmon» shartnomasi 1992 yil 24 mart kuni Helsinki shahrida 23 ta EKHҲTga a’zo davlatlar vakillari tomonidan imzolangan. Rossiya ushbu shartnomani 2001 yilning may oyida ratifikasiya qilgan. SHartnoma ishtirokchilari harbiy harakatlar ustidan nazorat uchun kelishilgan yo’nalishlar bo’ylab parvoz qilishi mumkin.