ARXIV HUJJATLARI - TARIXIMIZ KO‘ZGUSI

ARXIV HUJJATLARI - TARIXIMIZ KO‘ZGUSI

Davlat arxivida saqlanadigan har bir hujjatni tariximiz ko‘zgusi deyish mumkin. Negaki, ularda yillar va bir necha yilliklardagi muhim voqealar o‘z aksini topgan. Ulardan xalqimiz qanday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganligi, qanday xayot kechirganligini bilib olishingiz tayin. Shuning uchun ham arxivga topshirilgan har bir hujjatni ko‘z qorachig‘iday saqlash muhim ahamiyatga ega. Bu esa arxiv xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Kuni-kecha Shahrixon qishloq xujaligi kasb-kunar kollejida bo‘lib o‘tgan seminarda ham ana shu dolzarb vazifaga alohida urg‘u berildi. Unda Shahrixon, Bo‘z, Ulug‘nor tumanlaridagi 17 ta kasb-xunar kollejining idoraviy arxiv xujjatlarini yuritishga mas’ul xodimlari va boshqa arxiv mutaxassislari ishtirok etdilar. Seminar avvalida tarixdan so‘zlovchi foto va hujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda qatag‘on yillari hamda ikkinchi jahon urushi davriga oid hujjatlar namoyish qilindi. Shahrixon tuman davlat arxivi direktori Yaxyobek Aripxonov hamda arxiv faxriysi Komiljon Xojiboyevlar ikkinchi jahon urushida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat, qatag‘on davri, ayniqsa, 30-40-yillarda sobiq Xoldevonbek tumanidan uzoq o‘lkalarga surgun qilingan 30 dan ortiq hamyurtimizning taqdiri ne kechganligi xaqidagi hujjatlar, suratlar qanday saqlanayotganligi, ular bilan tanishish qanday yo‘lga qo‘yilganligi xaqida hikoya qilib berdilar.

Shundan so‘ng seminarning asosiy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida arxiv ishini yuritish masalalariga alohida ahamiyat berildi. Yig‘ilganlar arxiv xodimlari Ma’mura Allaberdiyeva va Nargiza Ro‘ziyevaning arxiv xujjatlarini saqlash uchun sharoit yaratish, topograflash, hujjatlarni qabul qilish va saqlash, ularni foydalanishga berish, idoraviy arxiv hujjatlarini davlat saqloviga topshirish, ularni davlat arxiviga topshirish tartibi xususidagi ma’ruzalarini tingladilar. Idoraviy arxiv hujjatlarini yuritish, ularning qancha muddat saqlanishi, fukarolarning murojaatlari bilan ishlash tartib-tamoyillari yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Aamaliy seminar ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi.

Agentlik Axborot xizmati