Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bu sohada yangi texnologiya va tendensiyalarni qo’llash yuzasidan muzokara o‘tkazildi.

2020 yil 15 yanvar kuni O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida IT hamda raqmlashtirish sohasida jahonda katta nufuzga ega Germaniyaning "book 2net" kompaniyasi bosh direktori Stephan Velp, tashkilotning Osiyo mintaqasi bo'yicha rahbari Хiaowei Vang bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda “O‘zarxiv” agentiligi direktor o'rinbosari Kucharova D. arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bu sohada yangi texnologiya va tendensiyalarni qo’llash yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
Tadbirda shuningdek Agentlik bo’lim boshlig’i A.Turapov va bosh mutaxassis R.Sagimbekov, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi direktori Z.Abdulladjonova ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida har ikkala tomon hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohalarini bildirdilar hamda qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati