Attestatsiya guvohnomasi rasman topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 4366-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga 2020 yilning 1 yanvarga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini qonun hujjatlariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. Yuqoridagiga asosan "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, unga namunadagi guvohnoma rasman topshirildi.