Aziz fuqarolar!

 

Xabaringiz bor, 2020 yil 26 iyuldagi koronavirus tarqalishini oldini olish uchun tashkil etilgan Maxsus komissiya Axborotiga ko‘ra, karantin cheklovlari 15 avgustgacha  uzaytirildi va davlat organlari xodimlari mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki masofaviy) tashkil etilishi belgilandi.
“O‘zarxiv” agentligi  mutaxassislari masofaviy ish rejimiga o‘tkazilgan.
Shu bois, Toshkent shahridagi arxiv xizmatlari ko‘rsatish Markazi, O‘zbekiston milliy arxivlarida fuqarolarni qabulini 15 avgustgacha to‘xtatishga majburmiz.
Biroq, jamoamiz Sizlarning manfaatlaringiz haqida qayg‘uradi.  
Telegramdagi @arxivbot botimizga kiring tegishli arxiv manzilini toping-yozing-so‘rovingiz qabul qilinadi-elektron ravishda ma’lumotnoma oling.
 ‼️Davlat arxivlariga Onlayn murojaat qilish va arxiv ma’lumotnomalarini olish uchun: my.archive.uz, my.gov.uz orqali murojaat qiling.  

 

71 230-50-44 Ishonch telefoniga muammo bo‘lsa qo‘ng‘iroq qiling.
Salomat bo‘ling!
"O‘zarxiv" agentligi


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати