Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

“O‘zarxiv” agentligi nomidan Sizlarga Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni yo‘llashga ijozat bergaysiz.
Barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz ushbu qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
Dunyoda yuz berayotgan global koronavirus pandemiyasi bois bayramni yaqin oila a’zolari bag‘rida shukronalik bilan nishonlaylik.
Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan men barcha oilalarga sog‘lik, tinchlik va baxt tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi
“O‘zarxiv” agentligi direktori    U.Yusupov