Bobur xayoti va ijod yo‘li aks ettirilgan taqdimot

Joriy yilning fevral oyida turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligini munosib nishonlash maqsadida joylarda turli tadbirlar, kechalar bo‘lib o‘tmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Farg‘ona viloyat davlat arxivi binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bobur nafaqat shoh va mohir sarkarda, balki turkiy adabiyot olami rivojiga munosib hissa qo‘shgan shoir sifatida ham buyuk nom qozonganini, shuningdek, o‘z vatanidan uzoqda bo‘lsa ham, u yerlarda obod va tinch davlat barpo etganini ta'kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng Bobur xayoti va ijod yo‘li aks ettirilgan taqdimot tadbir qatnashchilariga namoyish etildi.
Tadbir davomida Bobur g‘azallari va ruboiylaridan misralar, uning mashhur “Boburnoma" asaridan namunalar aytildi.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati