BUGUN 30 NOYABR – O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI RAZZOQ HAMRAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN!

«Muqimiy» dramasining Muqimiy rolida O‘zbekiston SSR xalq artisti, Stalin mukofoti laureati Hamrayev R. Toshkent, 1954 yil.
Hozirgi kunda ushbu foto hujjat O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, taniqli teatr va kinoaktyor Razzoq Hamroyev 1910 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1954 yilda Toshkent teatr, va rassomlik san’ati institutini tugatgan. 1931—1945 yillarda Namangan musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, va badiiy rahbar, 1946 yildan Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida aktyor, rejissyor, 1959—1976 yillarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати