Bugun "O‘zarxiv" agentligiga Polsha davlati Gdansk shahridagi "Ikkinchi jahon urushi Muzeyi" direktori Gjegoj Berendt va "Sibir Xotira muzeyi" direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar.

Uchrashuv chog‘ida "O‘zarxiv" agentligi  va Polsha muzeylari hamda arxivlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

"O‘zarxiv" agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning "Pomor voyevodligi" hududida dafn etilgan o‘zbekistonlik askarlar ro‘yxatini taqdim etdi.

O‘zbekiston tarixi va madaniyatini Polshada targ‘ib etish masalalari bo‘yicha hamkorlikdagi ishchi guruh tuzish masalalari kun tartibining asosiy masalasi sifatida ko‘rildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar O‘zbekiston milliy arxivi faoliyati bilan tanishdilar.


Manba : "Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati